https://oz.sputniknews.uz/20230108/tez-fursatda-vazn-tashlash-jigar-tsirroziga-olib-kelishi-mumkin-23763538.html
Tez fursatda vazn tashlash jigar sirroziga olib kelishi mumkin - shifokor
Tez fursatda vazn tashlash jigar sirroziga olib kelishi mumkin - shifokor
Sputnik O‘zbekiston
Gastroenterolog Marchenko: oziq-ovqat mahsulotlarini cheklash jigar sirroziga olib kelishi mumkin. 08.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-08T22:33+0500
2023-01-08T22:33+0500
2023-01-08T22:33+0500
bu qiziq
shifokorlar tavsiyasi
sog‘liq
foydali
doktor maslahati
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1375/64/13756428_0:158:3077:1889_1920x0_80_0_0_8e277cdd24f5fcf8650da44bfe58ddee.jpg
Jigar sirrozi faqat muntazam alkogol iste’mol qilishdan emas, balki vazn tashlashga bo‘lgan urinishlardan ham kelib chiqadi.Bu haqida shifokor-gastroenterolog Natalya Marchenko Sputnik radiosiga ma’lum qildi.Ko‘pchilikka yaxshi ma’lumki, spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish o‘ta xavfli surunkali kasallik - jigar sirroziga olib keladi. Biroq, boshqa biz bilmagan, oddiy sabablar ham bu kasallikka chalinish xavfini oshirishi mumkin. Ko‘pchilik ortiqcha vazn tashlash niyatida bir qancha oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘zini cheklaydi. Bu jigarga katta xavf tug‘diradi.Agar vazn juda og‘ir bo‘lsa, tibbiy ko‘riksiz ozishga harakat qilish mumkin emas. Faqat shifokor nazoratida vazn tashlash lozim.“Agar katta vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz, avvalo tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi, chunki ehtiyotsizlik va pala-partish rejimda jigarda muammolar paydo bo‘lishi mumkin”,- deydi Marchenko.Mutaxassisning ta’kidlashicha, bir oyda to‘rt kilogramm vazn tashlash meyor hisoblanadi. Bu jigar uchun xavf tug‘dirmaydi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1375/64/13756428_174:0:2903:2047_1920x0_80_0_0_9673accb7edbe19724cc811c95b4db4f.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
shifokorlar tavsiyasi, sog‘liq, foydali, doktor maslahati
shifokorlar tavsiyasi, sog‘liq, foydali, doktor maslahati
Tez fursatda vazn tashlash jigar sirroziga olib kelishi mumkin - shifokor
Gastroenterolog Marchenko: oziq-ovqat mahsulotlarini cheklash jigar sirroziga olib kelishi mumkin.
Jigar sirrozi faqat muntazam alkogol iste’mol qilishdan emas, balki vazn tashlashga bo‘lgan urinishlardan ham
kelib chiqadi.Bu haqida shifokor-gastroenterolog Natalya Marchenko Sputnik radiosiga ma’lum qildi.
Ko‘pchilikka yaxshi ma’lumki, spirtli ichimliklarni suiste’mol qilish o‘ta xavfli surunkali kasallik - jigar sirroziga olib keladi. Biroq, boshqa biz bilmagan, oddiy sabablar ham bu kasallikka chalinish xavfini oshirishi mumkin. Ko‘pchilik ortiqcha vazn tashlash niyatida bir qancha oziq-ovqat mahsulotlaridan o‘zini cheklaydi. Bu jigarga katta xavf tug‘diradi.
“Agar tez fursatda ochlik yoki parhez bilan vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz, organizmdagi yog‘lar osonlikcha yo‘qolmaydi. Yog‘ tananing barcha hujayralaridan jigarga kiradi, u orqali o‘tishi kerak. Keskin va tezda vazn tashlaganda yog‘ jigarda to‘plana boshlaydi va undan chiqib ketishga ulgurmay qoladi. Bunday odamlarda vazn bir qaraganda kamaygandek ko‘rinadi, biroq jigarga bir qancha qiyinchiliklar tug‘diradi. Bu holat hatto jigar sirroziga ham olib kelishi mumkin”, - deydi gastroenterolog.
Agar vazn juda og‘ir bo‘lsa, tibbiy ko‘riksiz ozishga harakat qilish mumkin emas. Faqat shifokor nazoratida vazn tashlash lozim.
“Agar katta vazn tashlamoqchi bo‘lsangiz, avvalo tibbiy ko‘rikdan o‘tishingiz kerak bo‘ladi, chunki ehtiyotsizlik va pala-partish rejimda jigarda muammolar paydo bo‘lishi mumkin”,- deydi Marchenko.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, bir oyda to‘rt kilogramm vazn tashlash meyor hisoblanadi. Bu jigar uchun xavf tug‘dirmaydi.