https://oz.sputniknews.uz/20230108/sirdaryo-viloyatida-zamonaviy-bug-gaz-elektr-stantsiyasi-quriladi-31322965.html
Sirdaryo viloyatida zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi
Sirdaryo viloyatida zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi
Sputnik O‘zbekiston
Mazkur stansiya 2026-yilda ishga tushiriladi, deyiladi xabarda. 08.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-08T09:28+0500
2023-01-08T09:28+0500
2023-01-08T09:28+0500
jamiyat
sirdaryo
boyovut tumani
prezident qarori
issiqlik elektr stansiyasi (ies)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/07/28905936_0:120:1280:840_1920x0_80_0_0_2638cf9703c7ea3f0a4c80356a0f3fd2.jpg
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Xabarga ko‘ra, prezidentning “Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.Loyiha doirasida foydali ish koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatish xisobiga yiliga 12 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va buning natijasida yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.Ahamiyatli jihati, obyekt qurilishi davomida 2 500 nafar, ishga tushirilgandan so‘ng esa 120 nafar doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.Qayd etilishicha, mazkur yirik loyiha halqaro ochiq tender savdolarini o‘tkazish orqali Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida amalga oshirilayotgan eng yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi.Ma’lumot uchun, 2022-yil 20-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida 220 MVt quvvatli yangi IES ishga tushirildi. Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida 1500 MVt quvvatli zamonaviy IES ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
sirdaryo
boyovut tumani
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/0a/07/28905936_0:0:1280:960_1920x0_80_0_0_8b9a3c2bf44beb0c0022821b6dbf1c9e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, sirdaryo, boyovut tumani, prezident qarori, issiqlik elektr stansiyasi (ies)
jamiyat, sirdaryo, boyovut tumani, prezident qarori, issiqlik elektr stansiyasi (ies)
Sirdaryo viloyatida zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi
Mazkur stansiya 2026-yilda ishga tushiriladi, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan zamonaviy bug‘-gaz elektr stansiyasi quriladi. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar
berdi.
Xabarga ko‘ra, prezidentning “Sirdaryo viloyati Boyovut tumanida quvvati 1573 MVt bo‘lgan bug‘-gaz elektr stansiyasini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.
“Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 61,9 gektar maydonida zamonaviy “H” toifasidagi kombinatsiyalangan siklda ishlaydigan zamonaviy issiqlik elektr stansiyasi quriladi. Mazkur stansiya 2026-yilda ishga tushiriladi”, deyiladi xabarda.
Loyiha doirasida foydali ish koeffitsiyenti 60 foizdan yuqori bo‘lgan qurilmalarni o‘rnatish xisobiga yiliga 12 mlrd kVt.soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi va buning natijasida yiliga 1,1 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.
Ahamiyatli jihati, obyekt qurilishi davomida 2 500 nafar, ishga tushirilgandan so‘ng esa 120 nafar doimiy ish o‘rinlari yaratiladi.
Qayd etilishicha, mazkur yirik loyiha halqaro ochiq tender savdolarini o‘tkazish orqali Markaziy Osiyo va MDH davlatlarida amalga oshirilayotgan eng yirik investitsiya loyihalaridan biri hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, 2022-yil 20-noyabr kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida 220 MVt quvvatli yangi IES ishga
tushirildi. Shuningdek, joriy yil yakuniga qadar Shirin shahri va Boyovut tumanlari hududida 1500 MVt quvvatli zamonaviy IES ishga tushirilishi rejalashtirilgan.