Oleg Taktarov Ikkinchi jahon urushi haqidagi o‘zbek filmida rol ijro etdi

© Agentstvo kinematografii UzbekistanaKadr iz filma "Uzbechka".
Kadr iz filma Uzbechka. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.01.2023
Obuna bo‘lish
Film o‘zbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va jang maydonlarida kechgan taqdiri haqida hikoya qiladi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Rossiyalik aktor va sportchi Oleg Taktarov “O‘zbek qizi” badiiy filmini suratga olish jarayonida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston Kinematografiya agentligi xabar berdi.
Film o‘zbek va belarus kinoijodkorlari bilan hamkorlikda suratga olingan. Suratga olish ishlari yakunlanib, montaj ishlari boshlangan.
“Sinema of Sentral Asia” kinostudiyasi tomonidan Akbar Bekturdiyev rejissorligida yaratilgan ushbu film o‘zbek snayper qizining Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorati va jang maydonlarida kechgan taqdiri haqida hikoya qiladi.
Filmda rollarni Taktarovdan tashqari aktor va aktrisalar Aysanem Yusupova, Feruza Saidova, Yigitali Mamajonov, Sergey Lapanitsin, Milana Ivanova va boshqalar ijro etgan.
Yangiliklar lentasi
0