https://oz.sputniknews.uz/20230108/jsst-maymun-chechagini-yuqtirgan-75-kishi-hayotdan-koz-yumdi-31323220.html
JSST: Maymun chechagini yuqtirgan 75 kishi hayotdan ko‘z yumdi
JSST: Maymun chechagini yuqtirgan 75 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, kasallikning tarqalishi epidemiya boshlangan davrga nisbatan sezilarli darajada pasaygan. Biroq bu xotirjamlik uchun asos bo‘lolmaydi. 08.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-08T10:43+0500
2023-01-08T10:43+0500
2023-01-08T10:43+0500
dunyoda
maymun chechagi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27384984_0:752:2048:1904_1920x0_80_0_0_ae9b6a208d75aa75468ce28489779eba.jpg
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Shu kungacha Yer yuzida “mpox” (maymun chechagi) virusini yuqtirgan qariyb 84 ming nafar bemor ro‘yxatga olingan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum qildi.Qayd etilishicha, ulardan 75 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Ammo real ko‘rsatkichlar bundan yuqori bo‘lishi mumkin.Ta’kidlanishicha, kasallikning tarqalishi epidemiya boshlangan davrga nisbatan sezilarli darajada pasaygan. Biroq bu xotirjamlik uchun asos bo‘lolmaydi. Chunki qator mamlakatlar, ayniqsa, Afrika mintaqasida mazkur virusga qarshi sinamalar ham, vaksinalar ham mavjud emas.JSST mutaxassisi Rozamund Lyuisning ta’kidlashicha, ushbu holat uch yil o‘tib, “mpox”ning yanada yuquvchan mutatsiyalari paydo bo‘lishiga zamin yaratishi mumkin. Bu esa chinakam xavf.Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqishi mumkin. Bu odatda yengil kasallanish bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, tananing qolgan qismlariga tarqaluvchi toshma paydo bo‘lishi mumkin.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/17/27384984_0:560:2048:2096_1920x0_80_0_0_394995c6b0059893d0e9f419632c3747.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, maymun chechagi
JSST: Maymun chechagini yuqtirgan 75 kishi hayotdan ko‘z yumdi
Ta’kidlanishicha, kasallikning tarqalishi epidemiya boshlangan davrga nisbatan sezilarli darajada pasaygan. Biroq bu xotirjamlik uchun asos bo‘lolmaydi.
TOShKENT, 8 yanv — Sputnik. Shu kungacha Yer yuzida “mpox” (maymun chechagi) virusini yuqtirgan qariyb 84 ming nafar bemor ro‘yxatga olingan. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lum
qildi.
Qayd etilishicha, ulardan 75 nafari xastalik oqibatida hayotdan ko‘z yumgan. Ammo real ko‘rsatkichlar bundan yuqori bo‘lishi mumkin.
Ta’kidlanishicha, kasallikning tarqalishi epidemiya boshlangan davrga nisbatan sezilarli darajada pasaygan. Biroq bu xotirjamlik uchun asos bo‘lolmaydi. Chunki qator mamlakatlar, ayniqsa, Afrika mintaqasida mazkur virusga qarshi sinamalar ham, vaksinalar ham mavjud emas.
JSST mutaxassisi Rozamund Lyuisning ta’kidlashicha, ushbu holat uch yil o‘tib, “mpox”ning yanada yuquvchan mutatsiyalari paydo bo‘lishiga zamin yaratishi mumkin. Bu esa chinakam xavf.
“Shu bois, dunyo bo‘ylab yangi epidemiyalarni imkon qadar tezroq aniqlash va ularning oldini olish uchun ko‘proq test va vaksinalar ishlab chiqilishi kerak”, deb xulosa qiladi mutaxassis.
Maymun chechagi kamdan-kam uchraydigan virusli infeksiya bo‘lib, u odamlar orasida ham yuqishi mumkin. Bu odatda yengil kasallanish bo‘lib, ko‘pchilik bir necha hafta ichida tuzalib ketadi, ammo ba’zilarida asoratlar paydo bo‘lishi mumkin. Maymun chechagining dastlabki belgilariga isitma, bosh og‘rig‘i, mushak og‘rig‘i, bel og‘rig‘i, shishgan limfa tugunlari, titroq va charchoq kiradi. Ko‘pincha yuzdan boshlanib, tananing qolgan qismlariga tarqaluvchi toshma paydo bo‘lishi mumkin.