Tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchun 50 mlrd so‘m ajratiladi - tafsilotlar

© Depositphotos.com / Praditkhorn.gmail.comMeditsinskie maski i rezinovie perchatki v musornom vedre
Meditsinskie maski i rezinovie perchatki v musornom vedre - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Obuna bo‘lish
2023-2025 yillarda 29 ta qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish, 437 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalarini qurish rejalashtirilgan.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda qurilish chiqindi poligonlarini qurish uchun qariyb 28 mlrd so‘m, tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkalarini qurish uchun esa 50 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtiriladi. Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Tabiat resurslari vazirligi mas’ul xodimi Jamshid Ishchanov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, 2023-2025 yillar davomida 29 ta qattiq maishiy chiqindi poligonlarini rekultivatsiya qilish, 437 ta chiqindi yig‘ish shoxobchalarini qurish rejalashtirilgan.
Quyidagi ishlar uchun 1,1 trln so‘m mablag‘ moliyalashtiriladi:
26 ta qurilish chiqindi poligonlarini tashkil etish;
ijtimoiy soha obyektlariga 18 867 ta chiqindi konteynerlari xarid qilish;
38 ta qattiq maishiy chiqindilarni qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish;
60 ta tibbiyot chiqindilarini zararsizlantirish uchastkalarini tashkil etish hamda saralash uskunalarini o‘rnatish.
Bu yil ushbu dasturlarni amalga oshirish uchun jami 170,0 mlrd so‘m, shu jumladan, qayta yuklash stansiyalarini tashkil etish uchun 92,2 mlrd so‘m mablag‘ moliyalashtirilishi belgilandi.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda davlat-xususiy sheriklik loyihalaring amalga oshirilishi natijasida 6,8 mln tonna qattiq maishiy chiqindilar olib chiqilib, ularning 2,2 mln tonnasi yoki qayta ishlandi.
Yangiliklar lentasi
0