Sovuq kunlar oldidan “Hududgazta’minot” iste’molchilarni ogohlantirdi

© Sputnik / Pavel LisisinGazovaya plita
Gazovaya plita - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Obuna bo‘lish
“Hududgazta’minot” fuqarolardan tabiiy gaz iste’moliga ongli ravishda yondashishlarini va undan zarur ehtiyojlar uchun foydalanishlarini so‘ragan.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Havo haroratining keskin pasayishi kutilayotgani munosabati bilan “Hududgazta’minot” AJ iste’molchilarga murojaat yo‘lladi.
Kompaniya tabiiy gazdan foydalanishda ehtiyot choralarini ko‘rish, isitish moslamalari va ovqat tayyorlash jarayonida gaz plitalarini qarovsiz qoldirmaslik, shuningdek, ventilyatsiya tizimiga alohida e’tibor berish zarurligini eslatdi.
“Hududgazta’minot” fuqarolardan gaz jihozlari ishlab turgan xonalarda dam olishga yo‘l qo‘ymaslikni va chiroqni yoqishdan oldin gaz hidi yo‘qligiga ishonch hosil qilib, u aniqlangan holda “104” telefon raqami orqali gaz xizmatiga murojaat qilishini so‘ramoqda.
Kompaniya fuqarolardan tabiiy gaz iste’moliga ongli ravishda yondashishlarini va undan zarur ehtiyojlar uchun foydalanishlarini so‘ragan.
“Faqatgina undan oqilona foydalanish barcha iste’molchilarni bir maromda gaz bilan ta’minlash imkoniyatini beradi hamda havo haroratining pasayishi davrida uning yetishmovchiligini keltirib chiqarmaydi”, - deyiladi “Hududgazta’minot” murojaatida.
Shu bilan birga, yetkazib beruvchi kompaniya iste’molchilarga tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash uchun to‘lovni o‘z vaqtida amalga oshirish zarurligini eslatib o‘tgan.
Avvalroq O‘zbekistonga kelasi hafta boshidan anomal sovuq havo oqimi kirib kelishi haqida xabar bergan edik. Mamlakatning ba’zi hududlarida havo harorati -27 darajagacha tushishi kutilmoqda.
Anomal sovuq kunlari har qanday majlis va tadbirlarni o‘tkazish taqiqlandi
Yangiliklar lentasi
0