https://oz.sputniknews.uz/20230107/saidov-31297272.html
Saidov Qirg‘iziston elchisi bilan Mirziyoyevning Bishkekka bo‘lajak tashrifini muhokama qildi
Saidov Qirg‘iziston elchisi bilan Mirziyoyevning Bishkekka bo‘lajak tashrifini muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Tomonlar Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘lajak davlat tashrifi nuqtayi nazaridan qirg‘iz-o‘zbek hamkorligining bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini... 07.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-07T14:54+0500
2023-01-07T14:54+0500
2023-01-07T14:54+0500
o‘zbekiston
qirg‘iziston
shavkat mirziyoyev
siyosat
baxtiyor saidov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/07/31297676_1:0:1174:660_1920x0_80_0_0_438b5cc27e4a914ccebee3a972d0407f.jpg
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov 6-yanvar kuni Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchisi Musa Jamanboyev bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.Tomonlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘lajak davlat tashrifi nuqtayi nazaridan qirg‘iz-o‘zbek hamkorligining bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. Davlat tashrifi arafasida belgilangan qo‘shma reja va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.Tomonlar diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlash bo‘yicha qator muhim tadbirlarni o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2022-yil dekabr oyida Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan borishi xabar qilingandi. Ikki davlat prezidentlari chegara bo‘yicha hujjatlarni imzolashi taxmin qilingan edi. Biroq tashrif keyinga qoldirildi. Davlat tashrifi qachon amalga oshishi hozircha ma’lum emas.
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/07/31297676_6:0:1146:855_1920x0_80_0_0_54d807a00145b1a4d766a7faecfe2489.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston, qirg‘iziston, shavkat mirziyoyev, siyosat, baxtiyor saidov
o‘zbekiston, qirg‘iziston, shavkat mirziyoyev, siyosat, baxtiyor saidov
Saidov Qirg‘iziston elchisi bilan Mirziyoyevning Bishkekka bo‘lajak tashrifini muhokama qildi
Tomonlar Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘lajak davlat tashrifi nuqtayi nazaridan qirg‘iz-o‘zbek hamkorligining bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Baxtiyor Saidov 6-yanvar kuni Qirg‘izistonning Toshkentdagi elchisi Musa Jamanboyev bilan uchrashdi. Bu haqda Qirg‘iziston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati
xabar berdi.
Tomonlar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qirg‘izistonga bo‘lajak davlat tashrifi nuqtayi nazaridan qirg‘iz-o‘zbek hamkorligining bugungi holati va istiqbolli yo‘nalishlarini muhokama qildi. Davlat tashrifi arafasida belgilangan qo‘shma reja va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
“O‘zbekiston prezidentining kutilayotgan davlat tashrifi avval erishilgan kelishuvlarni oliy darajada mustahkamlashi hamda Qirg‘iziston-O‘zbekiston strategik sherikligini yanada rivojlantirishga xizmat qilishi ta’kidlandi”, - deyiladi Qirg‘iziston TIV xabarida.
Tomonlar diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 30-yilligini nishonlash bo‘yicha qator muhim tadbirlarni o‘tkazish masalalarini muhokama qildilar.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2022-yil dekabr oyida Qirg‘izistonga davlat tashrifi bilan borishi
xabar qilingandi. Ikki davlat prezidentlari chegara bo‘yicha hujjatlarni imzolashi taxmin qilingan edi. Biroq tashrif keyinga
qoldirildi. Davlat tashrifi qachon amalga oshishi hozircha ma’lum emas.