O‘zbekistonlik tadbirkor: pomidorimizning asosiy xaridori - Rossiya
21:24 07.01.2023 (yangilandi: 18:42 05.04.2023)
© Sputnik / Maksim Blinov
/ Obuna bo‘lish
Qishloq xo‘jaligi sohasidagi yutuqlarni eksport hajmi bilan o‘lchasa bo‘ladi. Chunki eksport orqali ko‘plab foydalar olinadi.
Xorazm viloyatida 406 gektar maydonda gidroponika uslubidagi (tuproqsiz sun’iy muhitda) issiqxonalar ishlab turibdi. Bog‘ot tumanida 96 gektar, Yangiariqda 80, Urganch tumanida 57 gektarni tashkil etadi. Gurlan tumanida esa 54 gektar yer maydonida qurilgan.
© Press-slujba xokimiyata Gurlenskogo rayona Virashivanie pomidorov v teplitse
Virashivanie pomidorov v teplitse
© Press-slujba xokimiyata Gurlenskogo rayona
“Gurlan eksport” MChJ gidroponika uslubidagi issiqxonamiz 27 gektar bo‘lib, asosan pomidor, bodring va baqlajon yetishtiriladi. Bir yilda 4 million dollarlik mahsulotlar xorijiy davlatlarga eksport qilinyapti. Hozirda kuniga 25 tonna pomidor, 20 tonna bodring, 15 tonna baqlajon yetishtiriladi”, - dedi tadbirkor Manzura Masharipova Sputnik muxbiri bilan suhbatda.
So‘nggi yillarda Gurlan tumanidagi issiqxonalarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarning ko‘p qismi Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilinmoqda.
Issiqxonada pomidor 70-75 kunda, baqlajon 60 kunda, bodring 45-50 kunda pishib yetiladi.
“Pomidorlar uchun Rossiya asosiy xaridor. Sentabr oyidan boshlab dekabrgacha biz eksport hajmini ko‘paytiramiz, shu mavsumda Rossiyada sabzavotlar pishib yetilishi to‘xtaganligi sababli O‘zbekistondan eksport qilinadigan sabzavotlarga talab ortib boradi. Yanvar oyining oxiridan boshlab yana eksport uchun talablar kuchayadi”, - deydi tadbirkor.
Hozirda issiqxonada ko‘chatlar va gulchilik ham rivojlantirilmoqda, bahor oyidan boshlab ko‘chatlar ham Rossiya va Qozog‘istonga eksport qilinadi.
© Press-slujba xokimiyata Gurlenskogo rayona Virashivanie pomidorov v teplitse
Virashivanie pomidorov v teplitse
© Press-slujba xokimiyata Gurlenskogo rayona
2022 yilda Gurlan tumanida issiqxonalardan 3 mln 832 ming dollarlik mahsulotlar xorijga eksport qilingan bo‘lsa, uning asosiy qismi “Gurlan eksport” MJChda 3 mln 660 ming dollarlik mahsulot eksport qilingan.
“Rossiyaning Novosibirsk va Moskva shaharlarida pomidorlarga talab katta. Oxirgi paytlar pomidordan ishlab chiqariladigan mahsulotlar – tomat, ketchup, turli pastalarga ham ehtiyoj bo‘lyapti. Bahor oyidan agrologistika xizmati bo‘yicha yangi loyiha ishga tushadi. Unda pomidor mahsulotlarini ishlab chiqarish, qadoqlash yo‘lga qo‘yiladi. Bu, albatta, eksport uchun katta yo‘l ochadi”, - deydi Masharipova.
Gurlan tumanida 2023-yil yakuniga qadar 45 ta tadbirkor tomonidan 139 gektar maydonda zamonaviy ko‘rinishdagi issiqxonalarni ishga tushirish rejalashtirilgan.
Davlat statistika ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning yanvar-noyabr oylarida O‘zbekiston 1 mlrd dollarlik meva va sabzavotlar eksport qilgan. Rossiya (512,5 ming tonna) o‘zbek meva-sabzavotining asosiy xaridorlaridan biri.