O‘zgidromet bugun ob-havo qanday bo‘lishini ma’lum qildi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.01.2023
Obuna bo‘lish
Bugun Toshkent, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida yomg‘ir yog‘adi.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Bugun ayrim hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tuman tushishi mumkin. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Shamol g‘arbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +4-6 daraja iliq, kunduzi +12-14 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi -0-5 daraja sovuq, kunduzi +6-11 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro, Navoiy viloyatlarida ham ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq, kunduzi +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq, kunduzi +10-15 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq, kunduzi +13-18 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda. Harorat kechasi +0-5 daraja iliq, kunduzi +5-10 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Qor ko‘chish xavfi bor. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +0-5 daraja iliq, kunduzi +4-9 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0