Maktab va bog‘chalarda yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish boshlandi - foto

Obuna bo‘lish
Barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun yo‘l harakati qoidalarini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan maxsus gilamlar topshirilmoqda.
TOShKENT, 7 yanv — Sputnik. Respublika bo‘yicha maktab va bog‘chalarda o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalarini o‘rgatish jarayonlari boshlandi. Bu haqda Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xabar berdi.
Respublika bo‘yicha maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan o‘quv sinfxonalarida bolalar bilan yo‘l harakati qoidalariga oid targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.
Qayd etilishicha, barcha maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari uchun yo‘l harakati qoidalarini o‘zlashtirishga mo‘ljallangan maxsus gilamlar topshirilmoqda.

“Chorraha ko‘rinishi aks etgan maxsus gilamlar bolalarga qoidalar bo‘yicha bilim olishda ko‘maklashadi”, - deyiladi xabarda.

Bolalarga belgilar va boshqa yo‘l jihozlari haqida, aynan piyodalarga oid qoidalarni bolalarga o‘rgatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili maktab va bog‘chalarda yo‘l harakati qoidalari targ‘iboti kuchaytirilishi ma’lum qilingandi. Hukumatning tegishli qarori bilan 1-sentabrdan “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida bog‘cha tarbiyalanuvchilari va o‘quvchilarga yo‘llarda, chorrahalarda va piyodalar o‘tish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy-ko‘rgazmali o‘rgatish yo‘lga qo‘yildi.
© Yo‘l harakati xavsizligi xizmati
Bog‘chalarda yo‘l harakati qoidalari o‘rgatilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
1/4
© Yo‘l harakati xavsizligi xizmati
Bog‘chalarda yo‘l harakati qoidalari o‘rgatilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
2/4
© Yo‘l harakati xavsizligi xizmati
Bog‘chalarda yo‘l harakati qoidalari o‘rgatilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
3/4
© Yo‘l harakati xavsizligi xizmati
Bog‘chalarda yo‘l harakati qoidalari o‘rgatilmoqda - Sputnik O‘zbekiston
4/4
Yangiliklar lentasi
0