https://oz.sputniknews.uz/20230106/tatil-davrida-talabalarga-sharoit-yaratilishi-malum-qilindi-31287601.html
Ta’til davrida talabalarga sharoit yaratilishi ma’lum qilindi
Ta’til davrida talabalarga sharoit yaratilishi ma’lum qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari so‘raladi, deyiladi xabarda. 06.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-06T20:40+0500
2023-01-06T20:40+0500
2023-01-06T20:40+0500
jamiyat
otm
talabalar
ta’til
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_0:129:3103:1874_1920x0_80_0_0_f48e34b6986bd8f2564e145ff4e57553.jpg
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Ta’til davrida oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi talabalarga sharoit yaratiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar berdi.Ta’kidlanishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlariga uzaytirilgan ta’til yakuniga yetmay oliygohga kelgan talabalarga tegishli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.Qayd etilishicha, havo haroratining keskin tushishi natijasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning avj olishi yuqori ekanligi tushuntirilib, har bir talabaga real vaziyatdan kelib chiqib, xohishlariga ko‘ra zarur sharoit yaratib berish choralari ko‘riladi.Shu o‘rinda, o‘z yashash hududlarida qolgan talabalarga o‘z ustilarida ishlash, kitob mutolaa qilish, onlayn darslar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari tashkil etiladi.Aytilishicha, bu choralarning barchasi havo haroratining keskin tushishi natijasida talabalar sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazmaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/04/18/18479413_122:0:2853:2048_1920x0_80_0_0_e64eaec3171f4d078d212c9ba6c11b99.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, otm, talabalar, ta’til
jamiyat, otm, talabalar, ta’til
Ta’til davrida talabalarga sharoit yaratilishi ma’lum qilindi
Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari so‘raladi, deyiladi xabarda.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Ta’til davrida oliy ta’lim muassasalarida o‘quvchi talabalarga sharoit yaratiladi. Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati xabar
berdi.
Ta’kidlanishicha, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov barcha oliy ta’lim muassasalari rektorlari va prorektorlariga uzaytirilgan ta’til yakuniga yetmay oliygohga kelgan talabalarga tegishli shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan.
“Ayni damda qishki ta’til uzaytirildi, ammo yotoqxonaga ertaroq kelib, o‘qishga tayyorgarlik ko‘rish yoki boshqa maqsadli ishlarni ko‘zlab hududlardan ta’lim muassasalariga kelib bo‘lgan talabalarga qishki qo‘shimcha ta’tilni o‘z yaqinlari bilan birga ota-onalari bag‘rida samarali o‘tkazishlari tavsiya qilinadi va bunga barcha sharoitlar yaratish bo‘yicha individual ishlar olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, havo haroratining keskin tushishi natijasida mavsumiy yuqumli kasalliklarning avj olishi yuqori ekanligi tushuntirilib, har bir talabaga real vaziyatdan kelib chiqib, xohishlariga ko‘ra zarur sharoit yaratib berish choralari ko‘riladi.
Shu o‘rinda, o‘z yashash hududlarida qolgan talabalarga o‘z ustilarida ishlash, kitob mutolaa qilish, onlayn darslar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini oshirishlari tashkil etiladi.
“Talabalar har qanday muammoli vaziyatlarda o‘zlari tahsil olayotgan oliy ta’lim muassasasi rektoratiga murojaat qilishlari so‘raladi”, deyiladi xabarda.
Aytilishicha, bu choralarning barchasi havo haroratining keskin tushishi natijasida talabalar sog‘ligiga jiddiy zarar yetkazmaslik maqsadida amalga oshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.