Qishqi ta’til uzaytirildi – xarid qilingan chiptalarni boshqa sanaga o‘tkazish tartibi qanday ?

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishBileti na passajirskiy poyezd v rukax mujchini
Bileti na passajirskiy poyezd v rukax mujchini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
Temir yo‘l chiptalarini qaytarib olmoqchi bo‘lgan talabaga chipta summasi 24 soat ichida chipta xarid qilingan plastik kartaga qaytariladi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Talabalarning qishki ta’til davri uzaytirilgani munosabati bilan temir yo‘l chipta summasini to‘liq qaytarib olish yoki boshqa sanadagi poyezdga chiptani almashtirish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi" xabar berdi.
Qayd etilishicha, chegirma asosida xarid qilingan chiptalarni temir yo‘l chiptahonalarida, elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni chipta.railway.uz saytida qaytarishingiz mumkin. Chipta 100% qiymatda qaytariladi.
Shuningdek, temir yo‘l chiptaxonalaridan xarid qilingan chiptalarni qaytarishda chiptaxonalarga murojaat qilish va chipta summasini to‘liq olish yoki boshqa sanadagi poyezdga chiptani almashtirish ham mumkin bo‘ladi.
Chiptalarni onlayn qaytarish, almashtirish tartibi:
Elektron tarzda xarid qilingan chiptalarni almashtirish uchun chipta.railway.uz saytiga kiring;
Saytda "Chiptalarni qaytarish" bo‘limini tanlang;
Chiptani qaytarishga rozilik bildirildiring.
Chipta summasi 24 soat ichida chipta xarid qilingan plastik kartaga qaytariladi.
⠀Chiptalarni 18-yanvar sanasigacha 50% chegirma asosida xarid qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0