https://oz.sputniknews.uz/20230106/fuqarolarning-yanvar-oyi-penciya-va-nafaqa-tolovlari-toliq-moliyalashtirildi-31279349.html
Yanvar oyi uchun penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi
Yanvar oyi uchun penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi
Sputnik O‘zbekiston
Pensiya va nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 5-yanvar kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi. 06.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-06T10:45+0500
2023-01-06T10:45+0500
2023-01-06T10:46+0500
jamiyat
pensiya
nafaqa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_42894f4ddf1101ad677df78d82814088.jpg
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Fuqarolarning 2023-yil yanvar oyi penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar berdi. Aytilishicha, yanvar oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,4 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 5-yanvar kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.O‘z navbatida 2,6 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilarga talab etilgan mablag‘larning 61 foizi fuqarolarga to‘lab berilishi ta’minlandi.Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya va nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib beriladi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/1417/75/14177569_256:0:2987:2048_1920x0_80_0_0_8ccae79d654fe0005f55fb9d132fbcf0.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, pensiya, nafaqa
Yanvar oyi uchun penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi
10:45 06.01.2023 (yangilandi: 10:46 06.01.2023) Pensiya va nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 5-yanvar kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Fuqarolarning 2023-yil yanvar oyi penciya va nafaqa to‘lovlari to‘liq moliyalashtirildi. Bu haqda Pensiya jamg‘armasi xabar
berdi. Aytilishicha, yanvar oyi to‘lov ro‘yxatlariga kiritilgan 4,4 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilar uchun talab etilgan mablag‘lar 5-yanvar kuniga qadar tijorat banklariga to‘liq moliyalashtirilib berildi.
O‘z navbatida 2,6 mln nafar pensiya va nafaqa oluvchilarga talab etilgan mablag‘larning 61 foizi fuqarolarga to‘lab berilishi ta’minlandi.
“2,4 mln nafar fuqarolarga pensiya va nafaqa pullari ularning bank plastik kartalariga to‘liq yuklab berildi. Naqd shaklda pensiya va nafaqa oluvchi fuqarolarning 183 ming nafariga yoki joriy oyda to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘larning 10 foizi Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan fuqarolarga yetkazib berildi”, deyiladi xabarda.
Amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq pensiya va nafaqa pullarini naqd shaklda oluvchilarga joriy oy to‘lovlari tasdiqlangan grafiklarga asosan Xalq bankining sayyor kassalari tomonidan yetkazib beriladi.