Farzandi bog‘chaga boradigan ayollarning ish vaqti qisqartiriladi

© SputnikBolalar
Bolalar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
Farzandi bog‘chaga borayotgan ayollarning ish vaqti ish haqi kamaytirilmagan holda qisqartiriladi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. Bog‘chalarda ham navbatdan tashqari ta’til e’lon qilindi. Unga ko‘ra, farzandi bog‘chaga boradigan ayollarning ish vaqti qisqartiriladi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ob-havo haroratining keskin tushib ketishi sababli maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarida mavsumiy gripp kasalligi, shamollashning keskin ko‘payishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun 2023-yil 10-18 yanvar kunlari navbatdan tashqari ta’til e’lon qilindi.

Shu munosabat bilan maktabgacha ta’lim yoshidagi (3-7 yoshli) bolalari bor, budjet hisobidan moliyaviy jihatdan ta’minlanadigan muassasalar va tashkilotlarda ishlayotgan ayollarning ish vaqti qisqartiriladi. Ularga oylik to‘lovlar kamaytirilmasdan to‘lab beriladi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonga anomal sovuq ob-havo kirib kelishi munosabati bilan barcha bo‘g‘indagi ta’lim muassasalarida qishki ta’til muddati 17-yanvarga qadar uzaytirildi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiga ko‘ra, joriy yilning 11-17- yanvar kunlari rejalashtirilgan dars mashg‘ulotlari o‘quv yili davomida boshqa mavzularda tig‘izlashtirilib o‘qitiladi.
Yangiliklar lentasi
0