AQSh Kiyevni “yangi dahshatli ishlarga” boshlamoqda – Antonov
16:21 06.01.2023 (yangilandi: 18:42 05.04.2023)
© Sputnik / Mixail TurgiyevAnatoliy Antonov, arxivnoe foto
© Sputnik / Mixail Turgiyev
Obuna bo‘lish
Rossiya elchisi Antonovning so‘zlariga ko‘ra, AQSh Ukrainada vaziyatni tinchlantirmoqchi emas.
TOShKENT, 6 yanv – Sputnik AQSh Ukraina atrofidagi siyosiy vaziyat iziga tushishini istamaydi, deydi Rossiyaning AQShdagi elchisi Anatoliy Antonovch.
“O‘z harakatlari bilan ma’muriyat ukrain radikallarini faqat yangi dahshatli ishlarga tayyorlamoqda”, - deydi Antonov.
Diplomatning ta’kidlashicha, AQShdan jo‘natilayotgan qurollar bilan Ukrainadagi radikallarda “jinoyatga javobgarsizlik hissi” ortib bormoqda.
“Sovuqqonlik bilan Rossiya Federatsiyasining Donbass, Zaporojsk va Xerson viloyatlari tinch aholisini o‘ldirishda davom etmoqda. Ma’muriyatning barcha harakatlari vaziyatning siyosiy tomondan iziga tushishni istamasligidan dalolat beradi. Hatto bizning bir tomonlama Rojdestvo payti o‘t ochmaslik qarorimizni bu yerda “tanaffus olishga urinish” deb hisoblashmoqda. Buning hammasi Vashingtonning “so‘nggi ukrain qolguniga qadar” jang qilishga bel bog‘laganini bildiradi. Ukraina xalqining taqdiri esa amerikaliklarni umuman qiziqtirmaydi”, - deydi elchi.
Antonovning fikriga ko‘ra, Ukrainaga Bradleyjangovar piyoda mashinalarining yetkazilishi “Rossiyaning bunday xavfli harakatlarning oqibatlarini o‘ylashga chaqiruvlariga AQShning quloq tutmoqchi emasligini tasdiqlaydi”.
“Butun dunyo bilishi kerakki, AQSh Kiyevdagi millatchi jinoyatchilarni qo‘llab-quvvatlab, 2014-yildan buyon Rossiyaga haqiqiy jang boshlab kelgan. Yetkazilayotgan qurollarning “mudofaaviy ahamiyati” haqida hech qanday gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas”, - deya alohida ta’kidlaydi elchi.
Antonovning aytishicha, G‘arb AQSh boshchiligida Rossiyani zaiflashtirish uchun Ukrainadagi maxsus operatsiyadan ancha avval maqsadli ish boshlagan.
Avvalroq Pentagon Ukrainaga yangi harbiy yordam paketi haqida ma’lumotlar juma kuni e’lon qilishini ma’lum qilgan edi. Mahalliy OAVlarga ko‘ra, yordam paketi narxi rekord darajada uch milliard dollarni tashkil etishi, va ular tarkibida 50 dona jangovar piyoda mashinalari ham bo‘lishi mumkin.