Anomal sovuqdan chorva mollarini qanday betalafot olib chiqish mumkin?

© Sputnik / Kirill Braga / Mediabankka o‘tishPlemennoy zavod "Kolxoz Put Lenina" v Volgogradskoy oblasti
Plemennoy zavod Kolxoz Put Lenina v Volgogradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.01.2023
Obuna bo‘lish
Chorvadorlarga anomal sovuqdan chorva mollarini betalafot olib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
TOShKENT, 6 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga anomal sovuq havo oqimi kirib kelishi va harorat -27 darajagacha pasayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Ekologik partiya Markaziy Kengashi raisi Abdushukur Hamzayev chorvadorlarga chorva mollarini qishlovdan betalafot olib chiqish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Qayd etilishicha, anomal sovuq vaqtida chorva hayvonlarini parvarish qilish uchun alohida yondashuv talab etiladi.
Chorva mollarini saqlash bo‘yicha tavsiyalar
Sovuq kunlari chorvani to‘la qiymatli ozuqalar bilan oziqlantirish. Suv berish zarurati bo‘lganida iliq suv ichirish.
Ozuqalarni o‘ragan xolda saqlash;
Qishloq xo‘jalik hayvonlari va parrandalar saqlanadigan xonalarning tirqishlari, deraza va kirish joylariga ikki qavat polietilen plonka, kigiz (namat) qoplash;
Hayvonlar ostiga qo‘shimcha to‘shama (somon, poxol, yog‘och qirindisi, qovachoq) tashlash;
Otlarning ustiga yoping‘ich yopish;
Ochiq joylar, cho‘l o‘rtasida joylashgan qo‘y qo‘tonlari atrofini o‘rash yoki issiq qo‘tonlarga vaqtincha ko‘chirish;
Zamonaviy yirik shoxli chorva fermalarida zararli gazlarni ko‘paytirmaslik, namlikni qochirish maqsadida ventilyatsiyani vaqti-vaqtida bilan ishlatish;
Chorvachilik korxonalarida tunu-kun mutaxassislar navbatchiligini tashkil etish.
Asalarichilar uchun tavsiyalar
Asalari uyasidagi bo‘sh ramkalarni olib tashlash va maxsus ko‘rpacha va yostiqchalar bilan berkitish;
Uya tirqishlarini qisqartirish va ularni o‘ralgan joyda saqlash;
Asalarilarga qo‘shimcha ozuqalarni berib borish.
Qo‘ychilik xo‘jaliklari uchun tavsiyalar
Bo‘g‘oz sovliqlarni to‘yimli ozuqalar bilan oziqlantirish, imkon qadar iliq suv bilan sug‘orish;
Qirovli kunlari yaylovga chiqarmaslik va muzli yerlarda yotib qolishining oldini olish, ozuqa qoldiqlaridan kashar (qo‘ton)larga to‘shama sifatida foydalanish;
Qo‘ylar suruvlarini qishlov nuqtalaridan uzoqlashtirmaslik, o‘ta sovuq kunlarida esa qishki kashar (qo‘ton)larda saqlash;
Zarur hollarda ularga 1,2-1,3 kg quruq ozuqalar (75% dag‘al va 25 % omuxta ozuqa) aralashmasi hisobidan qo‘shimcha oziqlantirish;
Shamol kam esadigan yaylovlarda boqish, bunday kunlarda qo‘ylarni qishlov binolaridan kechroq olib chiqish, binodan chiqarishdan kamida 20-30 daqiqa oldin ularni joyidan qo‘zg‘atish;
Tashqariga chiqqanda qo‘ylarni shamol yo‘nalishiga qarshi tomonga haydash (bu ularning junini tanasiga yopishib turishini va tana haroratining saqlashini ta’minlaydi);
Qish davrida yaylovda sho‘r ozuqalarning kamligi hisobiga qo‘ylarning tuzga bo‘lgan talabi 2-3 marta ortadi, shuning uchun oxurlarga qo‘ylar yalashi uchun 1 bosh qo‘y hisobiga o‘rtacha 5 grammdan tuz qo‘yish;
Qishlov nuqtalarida cho‘pon-cho‘liqlar uchun issiq kiyim-bosh, oziq-ovqat, ichimlik suvi va yoqilg‘i zahirasini yaratib qo‘yish.
“Yuqoridagi tavsiyalarga amal qilinsa albatta chorvolarimizni “qorasovuq”dan beziyon o‘tkazib olamiz”, deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0