https://oz.sputniknews.uz/20230105/yoshlar-turizmi-oquvchilar-qaerlarga-sayyohat-qilishmoqda---foto-31269595.html
Yoshlar turizmi: o‘quvchilar qayerlarga sayyohat qilishmoqda - foto
Yoshlar turizmi: o‘quvchilar qayerlarga sayyohat qilishmoqda - foto
Sputnik O‘zbekiston
Yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” start oldi va festival doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbiri tashkil... 05.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-05T17:24+0500
2023-01-05T17:24+0500
2023-01-05T17:24+0500
turizm
yoshlar
yoshlar haftaligi
o‘quvchilar
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/05/31269882_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_5655ca0898928313b0c1de8f38d062c0.jpg
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Yoshlar turizmi haftaligi doirasida mingdan ziyod o‘quvchilar diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishmoqda. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar berdi.Yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” start oldi va festival doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbiri tashkil etilmoqda.Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan o‘quvchi yoshlar o‘z hududlaridagi, Toshkent shahrining 400 nafar o‘quvchi yoshlari esa Samarqand viloyatidagi ziyoratgoh va qadamjolar, tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishmoqda.Surxondaryoda o‘quvchilar quyidagi maskanlarga sayohat qilishdi:Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa o‘quvchilar Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.Buxoroda 500 nafarga yaqin o‘quvchilar qadimiy Ark qo‘rg‘oni va boshqa obyektlar, shuningdek, eski shaharning ertaknamo ko‘chalari bo‘ylab sayohat qilishdi.Toshkent shahar yoshlari esa ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun Samarqandga yo‘l olishdi.Qayd etilishicha, sayohat uchun birinchi navbatda “Temir daftar", “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari va nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar, respublika, viloyat, tuman va shahar fan olimpiadalarida yuqori natija ko‘rsatgan iqtidorli o‘quvchilar saralab olingan.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat davomida temir yo‘l va aviaparvozlar uchun chiptalarga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar belgilanadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/05/31269882_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_f3804f1e77c21cf51a6c1faef4d1708c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, yoshlar, yoshlar haftaligi, o‘quvchilar
turizm, yoshlar, yoshlar haftaligi, o‘quvchilar
Yoshlar turizmi: o‘quvchilar qayerlarga sayyohat qilishmoqda - foto
Yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” start oldi va festival doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbiri tashkil etilmoqda.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Yoshlar turizmi haftaligi doirasida mingdan ziyod o‘quvchilar diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishmoqda. Bu haqda Turizm va madaniy meros vazirligi xabar
berdi. Yanvar oyining birinchi o‘n kunligida “Yoshlar turizmi haftaligi” start oldi va festival doirasida “Yangi yilda – Yangi O‘zbekiston bo‘ylab sayohat” tadbiri tashkil etilmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan o‘quvchi yoshlar o‘z hududlaridagi, Toshkent shahrining 400 nafar o‘quvchi yoshlari esa Samarqand viloyatidagi ziyoratgoh va qadamjolar, tarixiy va diqqatga sazovor joylarga sayohat qilishmoqda.
Surxondaryoda o‘quvchilar quyidagi maskanlarga sayohat qilishdi:
Viloyat tarixi va madaniyati muzeyi;
Termiz arxeologiya muzeyi;
"Al-Hakim at-Termiziy" va “Sulton Saodat” majmualari.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida esa o‘quvchilar Saviskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyi bilan yaqindan tanishishdi.
Buxoroda 500 nafarga yaqin o‘quvchilar qadimiy Ark qo‘rg‘oni va boshqa obyektlar, shuningdek, eski shaharning ertaknamo ko‘chalari bo‘ylab sayohat qilishdi.
Toshkent shahar yoshlari esa ta’tilni mazmunli o‘tkazish uchun Samarqandga yo‘l olishdi.
Qayd etilishicha, sayohat uchun birinchi navbatda “Temir daftar", “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarning farzandlari va nogironligi bo‘lgan o‘quvchilar, respublika, viloyat, tuman va shahar fan olimpiadalarida yuqori natija ko‘rsatgan iqtidorli o‘quvchilar saralab olingan.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston bo‘ylab sayyohat davomida temir yo‘l va aviaparvozlar uchun chiptalarga chegirmalar hamda tadbirkorlik subyektlarining tashish xizmatlariga ixtiyoriy chegirmalar
belgilanadi.