Tibbiyot muassasalariga kuchli quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatiladi - SSV

© SSVQuyosh panellari
Quyosh panellari  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
2022-2023 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimidagi 1 540 ta tibbiyot muassasasiga muqobil energiya manbalarini o‘rnatish belgilangan.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda shu yilning o‘zida 1 008 ta tibbiyot obyektida 4 427 kVt. quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatiladi. Bu haqda Cog‘liqni saqlash vaziri Amrillo Inoyatov ishtirokida bo‘lib o‘tgan vazirlik Hay’at yig‘ilishida ma’lum qilindi.
Qayd etilishicha, tibbiyot muassasalarini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida jami 437 ta dizel generatori xarid qilindi. Ularning barchasi yanvar-fevral oylarida joylarga yetkazib beriladi.
Bundan tashqari, 2022-2023 yillarda Sog‘liqni saqlash tizimidagi 1 540 ta tibbiyot muassasasiga muqobil energiya manbalarini o‘rnatish belgilangan.
Hozir 107 ta tibbiyot muassasasiga 124 kVt. quvvatga ega quyosh panellari, 4 400 litr hajmdagi quyosh suv isitish qurilmalari o‘rnatildi.
Shuningdek, sog‘liqni saqlash tizimiga ajratilgan mablag‘lar doirasida jami 425 ta 2 352 kVt. quvvatga ega quyosh panellari xarid qilindi va ular joriy yilning birinchi choragida o‘rnatib, ishga tushiriladi. Shundan 375 tasi mahalla tibbiyot punktlari hamda 50 tasi oilaviy shifokorlik punktlari hamda oilaviy poliklinikalar uchun mo‘ljallangan.
Qolaversa, vazirlikning ma’muriy binosiga 100 kVt. quvvatga ega quyosh panellarini o‘rnatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0