Shahzoda Garri akasi Uilyam bilan mushtlashganini ma’lum qildi – OAV

© AP Photo / Matt DunhamKoroleva Velikobritanii Yelizaveta II, Megan, gersoginya Sassekskaya, prins Garri, prins Uilyam i Keyt, gersoginya Kembridjskaya
Koroleva Velikobritanii Yelizaveta II, Megan, gersoginya Sassekskaya, prins Garri, prins Uilyam i Keyt, gersoginya Kembridjskaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Aytilishicha, voqea 2019-yilda Londonda sodir bo‘lgan, aka-uka o‘rtasida janjal Garrining rafiqasi, amerikalik aktrisa Megan Markl tufayli kelib chiqqan.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Buyuk Britaniya shahzodasi Garri o‘zining avtobiografik kitobida akasi, taxt vorisi shahzoda Uilyam tomonidan “jismoniy hujumga uchraganini” ma’lum qildi.
Aytilishicha, voqea 2019-yilda Londonda sodir bo‘lgan, aka-uka o‘rtasida janjal Garrining rafiqasi, amerikalik aktrisa Megan Markl tufayli kelib chiqqan.
Shahzodaning yozishicha, Uilyam u bilan aka-uka munosabatlaridagi “falokat” va matbuotdagi qirollik oilasi bilan janjallarni muhokama qilish uchun kelgan. Uilyamning Marklga nisbatan shikoyati dastavval aka-uka o‘rtasidagi og‘zaki janjalga sabab bo‘lgan, ular bir-birini haqorat qilgan. O‘z navbatida, Garri akasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanmaganidan shikoyat qilgan. Bunga javoban “g‘azablangan Uilyam” unga hujum qilgan.
“Hammasi juda tez sodir bo‘ldi. U yoqamdan ushlab, marjonimni yulib tashladi va polga itarib yubordi. Men it kosasiga yiqildim, u yorilib ketdi, parchalari menga sanchildi. Bir muddat karaxt holatda yotdim, keyin o‘rnimdan turdim va unga chiqib ketishini aytdim”, deya shahzodaning kitobidan parcha keltirilgan.
Shundan so‘ng, Garrining so‘zlariga ko‘ra, Uilyam undan kechirim so‘ragan. Keyinchalik Garrining rafiqasi uning orqa tomonidagi “tirnalgan va ko‘karganlarni” payqagan va shahzodaning akasining hujumi haqidagi hikoyasi uni “juda xafa qilgan”.
Qayd etilishicha, Garrining memuarlari kelasi haftada nashr etiladi va ular “Britaniya qirollik oilasida g‘azabga sabab bo‘lishi mumkin”.
Shahzoda Garri va Megan Markl qariyb uch yil oldin qirollik oilasi bilan to‘qnash kelganidan so‘ng, qirollik vazifalarini bajarishdan bosh tortib, Buyuk Britaniyani tark etdi. 2021-yil mart oyida juftlik Opra Uinfriga shov-shuvli intervyu berdi, unda ular qarindoshlarini befarqlik, doimiy bosim va hatto irqchilikda aybladi. O‘shandan beri er-xotin va qirollik saroyi o‘rtasidagi munosabatlar keskinligicha qoldi.
Yangiliklar lentasi
0