Rossiya Marat Kasem qo‘lga olinishiga xalqaro tashkilotlar e’tibor qaratishini talab qilmoqda

© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishMariya Zaxarova
Mariya Zaxarova  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya TIV Marat Kasem qo‘lga olinganidan keyin xalqaro tashkilotlarni jalb qilishni talab qilmoqda.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Rossiya Sputnik Litva bosh muharriri Marat Kasemning qo‘lga olinishiga so‘z erkinligi bo‘yicha vakolatli xalqaro tashkilotlar e’tibor qaratishini talab qilmoqda.
Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bir qator Boltiqbo‘yi davlatlari Kasemni uzoq yillar davomida ta’qib qilib kelganini ta’kidladi.
“Bu jurnalist o‘ziga nisbatan tahdidni his qilayotganini bir necha bor aytgadin. Endi esa uning qo‘rquv va taxminlari, afsuski, haqiqatga aylandi”.
U Kasemning hibsga olinishini so‘z erkinligi va jurnalistlar huquqlarini himoya qilish sohasidagi xalqaro shartlarning buzilishi deb atadi.
Yangiliklar lentasi
0