OTMlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

CC0 / Usplash / Element5 Digital / Devushka s knigami
Devushka s knigami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning to‘lov-kontrakt mablag‘larini to‘lash muddati 20-yanvarga qadar uzaytirildi.
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq, 2022/2023 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlar, o‘qishi ko‘chirilgan (ko‘chirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar o‘qishi uchun to‘lov haqini o‘tkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning so‘nggi muddati 2023-yilning 20-yanvari etib belgilandi.
Shuningdek, qaror bilan 2022-yil 10-dekabrdan keyin kontraktini to‘laganlarning to‘lovi ham inobatga olinadigan bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0