Mishustin do‘st davlatlar bilan munosabatlarni rivojlantirishga chaqirdi

© Sputnik / Dmitriy Astaxov / Mediabankka o‘tishPremyer-ministr RF M. Mishustin provel soveshanie s vitse-premyerami RF
Premyer-ministr RF M. Mishustin provel soveshanie s vitse-premyerami RF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
RF bosh vaziriga ko‘ra, sanksiya bosimiga qaramay, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish zarur.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Rossiya do‘st davlatlar bilan xalqaro hamkorlikni rivojlantirishi kerak, jumladan, innovatsiyalar sohasida ham, dedi bosh vazir Mixail Mishustin Innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi bosh direktori Sergey Polyakov bilan uchrashuvda. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
“Hozirgi sharoitda mamlakatimizda jiddiy ilmiy izlanishlarni talab qiluvchi mahsulotlarni rivojlantirish, Rossiya sanoati, xizmat ko‘rsatish sohamizga yangi g‘oyalar va texnologik yechimlarni taklif etishni davom ettirish ayniqsa muhim. Sanksiya bosimiga qaramay, xalqaro hamkorlikni, birinchi navbatda, ko‘pgina do‘st davlatlar bilan rivojlantirish zarur”, - dedi Mishustin.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yaqin yillardagi asosiy vazifalardan biri davlat, fan va biznes o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yangi, yanada samarali shakllarini izlash va amalga oshirish orqali Rossiyaning texnologik mustaqilligiga erishishdir.
“Ilm-fandagi barcha bugungi natijalar, kelajakdagi yutuqlar Rossiya prezidenti va hukumati alohida e’tibor qaratadigan mavzudir. Ilmiy va texnik yutuqlar xalqimiz hayotini sifat jihatidan o‘zgartirishi, iqtisodiyotimizga, texnologiyalarning rivojlanishiga yangi turtki berishi va uzoq muddatli istiqbolda Rossiya Federatsiyasining barqaror oldinga siljishini ta’minlashi mumkin”, - deya ta’kidladi Mishustin.
Shuningdek, bosh vazir kichik biznes subyektlarini ishlab chiqarishda ilmiy faoliyatga faol jalb etish zarurligini ham qo‘shimcha qildi.
“Har bir inqiroz – bu yangi imkoniyat. Biz innovatsion yuqori texnologiyali loyihalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda davom etishimiz kerak. Bu juda muhim”, - dedi u.
Ma’lumot uchun, Rossiyaga do‘st bo‘lmagan davlatlar ro‘yxatiga Avstraliya, Albaniya, Andorra, Bagama orollari, Buyuk Britaniya, Yevropa Ittifoqi, Islandiya, Kanada, Lixtenshteyn, Mikroneziya, Monako, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Koreya Respublikasi, San-Marino, Shimoliy Makedoniya, Singapur, AQSh, Tayvan, Ukraina, Chernogoriya, Shveysariya, Yaponiya kiritilgan.
Yangiliklar lentasi
0