Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus harbiy operatsiya: 5-yanvar holatiga vaziyat

© Sputnik / Vitaliy AnkovSamoxodnaya artilleriyskaya ustanovka "Gvozdika" vo na marshe vo vremya takticheskix ucheniy v Primorye
Samoxodnaya artilleriyskaya ustanovka Gvozdika vo na marshe vo vremya takticheskix ucheniy v Primorye - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya harbiylari AQSh Ukrainaga bergan texnikalarni yo‘q qildi.
Rossiya Federatsiyasi Qurolli kuchlari Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiyani davom ettirmoqda. Mudofaa vazirligi bayonoti so‘nggi sutkada sodir bo‘lgan muhim hodisalar haqida bayonot berdi.
Qayd etilishicha, Kupansk yo‘nalishida Rossiya qo‘shinlarining artilleriya zarbalari natijasida Xarkov viloyatining Kucherovka, Peschanoe va Lugansk xalq respublikasining Stelmaxovka aholi punktlari yaqinida Ukraina Qurolli kuchlarining 14 va 95-mexaniklashtirilgan brigadalarining 30 ga yaqin askari, bitta tanki, ikkita harbiy zirhli mashinasi va uchta avtomobomili yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida artilleriya o‘qlari DXRning Grigorovka va Serebranka aholi punktlari hududlarida Ukraina qo‘shinlarining 95-havo-desant brigadasi bo‘linmalariga zarba berdi. Dushman shu yo‘nalishda bir sutkada 40 nafar askari, 2 ta zirhli transport vositasi va uchta pikapini yo‘qotdi.
Janubiy-Donesk yo‘nalishida Rossiya harbiylari kompleks hujumlar natijasida Prechistovki rayonida 40 dan ortiq ukrain askari, uchta harbiy zirhli mashina va 2 ta pikapni yo‘q qildi.
Donesk yo‘nalishidagi hujumlar natijasida Rossiya armiyasi Ukraina QKning 110-moto-piyoda va 79-havo hujumi brigadalari bo‘linmalarining 60 nafargacha askarini, 4 ta piyoda askarlar jangovar mashinasi va 5 ta avtomobilini yo‘q qildi.
Nikolayev viloyati yo‘nalishida Rossiya armiyasi hujumlarni davom ettirib, Matrosovki tumanida AQShning Ukrainaga bergan M777 artilleriya tizimini yo‘q qildi.
RF Qurolli kuchlarining tezkor-taktik aviatsiyasi, raketa qo‘shinlari va artilleriyasi Ukraina QKning 84 ta tumandagi 57 ta artilleriya bo‘linmasi o‘q otish pozitsiyalari, qo‘shin va harbiy texnikasiga zarba berdi.
Aniq zarbalar natijasida DXRning Konstantinovka aholi punkti hududida o‘zini “Shayx Mansur bataloni” deb atovchi qurolli tuzilmaning 55 dan ortiq vakili, shuningdek, 6 ta zirhli va avtomobil texnikasi yo‘q qilindi.
DXRning Vodanoe va Ocheretino aholi punktlari hududlaridagi janglar chog‘ida “Grad” yalpi reaktiv hujum tizimi (YaRHT) va “Olxa” YaRHTning 2 ta uchirish uskunasi yo‘q qilindi.
Zaporojye viloyatining Gulyay Pole va DXRning Krasniy Liman aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita artilleriya o‘q-dorilari ombori yo‘q qilindi.
Shuningdek, Gulyay Pole, Pavlovka va DXRning Velika Novoselka aholi punktlari hududlarida otishma pozitsiyalaridagi 2S1 “Gvozdika” o‘ziyurar gaubitsasi va 2 ta 2S3 “Akatsiya” o‘ziyurar gaubitsasi yo‘q qilindi.
DXRning Belogorovka, Pervomayskoe va Artemovsk aholi punktlari, Xerson viloyatining Ingules va Novobereslav aholi punktlari hududlaridagi otishma pozitsiyalarida uchta D-20 va 2 ta D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Nikolayev viloyatining Matrosovka aholi punkti hududida AQSh Ukrainaga bergan M777 artilleriya tizimi yo‘q qilindi. Bundan tashqari, LXRning Novoselovka aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-37 qarshi batareya radarlari yo‘q qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlari qiruvchilari DXRning Krasnogorovka aholi punktida Su-24, Pobeda aholi punktida Su-25 samolyotlarini urib tushirdi.
Shuningdek, LXRning Zmiyevka, Kremennaya, Zolotarevka, Krivosheyevka, DXRning Nikolayevka, Volnovaxa, Yevgenovka, Xerson viloyatining Knyaz-Grigorovka, Velikaya Lepetixa va Zaporoje viloyatining Melitopol aholi punktlari hududida Ukrainaning 21 ta uchuvchisiz uchish apparati yo‘q qilindi.
Bundan tashqari, LXRning Belogorovka va Xerson viloyatidagi Gavrilovka aholi punktlari hududlarida Amerikaning beshta HIMARS yalpi reaktiv hujum tizimi va AQShda ishlab chiqarilgan to‘rtta HARM antiradar raketalari tutib olindi.
Hammasi bo‘lib, maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri quyidagilar yo‘q qilindi: 359 samolyot, 199 vertolot, 2 834 uchuvchisiz uchish apparati, 399 zenit-raketa tizimi, 7 422 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 971 yalpi reaktiv hujum tizimlari, 3 781 dala artilleriya va minomotlari, shuningdek, 7 937 dona maxsus harbiy texnika.
Yangiliklar lentasi
0