Marat Kasemning qo‘lga olinishini bema’nilik va qonunga ziddir - Dmitriy Kiselov

© Sputnik / Vladimir Trefilov / Mediabankka o‘tishGeneralniy direktor MIA "Rossiya segodnya" Dmitriy Kiselev
Generalniy direktor MIA Rossiya segodnya Dmitriy Kiselev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Marat Kasemning qo‘lga olinishini qonunga ziddir - Dmitriy Kiselov.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Dmitriy Kiselov Sputnik Litva bosh muharriri Marat Kasemning Latviyada qo‘lga olinishini "bema’nilik va qonunga zid" deb atadi.
"Bu ushbu mamlakat rejimining mohiyatini ko‘rsatadi, bu butun Yevropa ittifoqi uchun juda xavfli tendensiya", dedi "Rossiya segodnya" media guruhi rahbari.
Kiselovning qo‘shimcha qilishicha, Kasem siyosiy ta’qiblarni his qilgan va bu haqda ko‘p gapirgan.
Sputnik Litva bosh muharriri Marat Kasem Rigada mamlakat maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olindi. 5-yanvarda sud majlisi bo‘lib o‘tdi, unda ehtiyot chorasini tanlash masalasi ko‘rib chiqildi.
Kasemning advokati uning garov evaziga ozod etilishini talab qilgan, biroq sud qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanlashga qaror qilgan.
Bugun jurnalist Riga markaziy qamoqxonasiga o‘tkazilgan.
Marat Kasemni himoya qiladigan advokat Imma Yansone ish materiallarini haligacha olmagan. Qonunga ko‘ra, ehtiyot chorasi sifatida sud qarori ustidan shikoyat qilish uchun 10 kun muddat bor.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Kasem ishida ikkita modda – birinchisi Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasiga qarshi iqtisodiy sanksiyalarini buzish, ikkinchisi josuslik, bu bo‘yicha jurnalist 20-yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.
Marat Kasem Latviya fuqarosi, u bir necha yillardan beri Moskvada yashab, Sputnik Litva o‘z ichiga olgan “Rossiya segodnya” media guruhida ishlagan.
30 dekabrda jurnalist oilaviy sabablarga ko‘ra Latviyaga ketgandi.
Yangiliklar lentasi
0