O‘zbekistonda havo harorati -27 darajagacha soviydi

© Xokimiyat goroda TashkentaZima v Tashkente.
Zima v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, 9-11 yanvar kunlari mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistonga 9-yanvar kuni Volgabo‘yidan sovuq havo massasi kirib kelishi boshlanadi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Prognozlarga ko‘ra, 9-11 yanvar kunlari mamlakatning katta qismida yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qor yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.
Ba’zi joylarda 9-10 yanvarda shamol 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Respublika bo‘yicha 10-15 yanvarda anomal sovuq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Havo harorati kechalari -12-17 sovuqgacha, kunduz kunlari -5-8 daraja sovuqgacha pasayadi.
Shimolda kechalari -17-22 sovuqgacha, Usturtda va cho‘l hududlarda ba’zi joylarda -25-27 daraja sovuqgacha, kunduz kunlari 7-10 daraja sovuqgacha bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, janubda va Farg‘ona vodiysida kechalari -5-10 sovuqgacha, kunduz kunlari -2-5 daraja sovuq qayd etiladi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi.
Yangiliklar lentasi
0