Eng ko‘p avtoraqamlar sotilgan hududlar ma’lum qilindi

© O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasiAvtoraqamlar
Avtoraqamlar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Hududlar kesimida eng ko‘p avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyatida xarid qilingan. Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,6 mln so‘mni tashkil etgan.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. O‘zbekistonda eng ko‘p avtoraqamlarni xarid qilgan haydovchilar ulushi yana Toshkent shahri va Toshkent viloyati haydovchilariga to‘g‘i kelmoqda. Bu haqda O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi xabar berdi.
2022 yilda birjaning avtoraqam.uzex.uz elektron savdo tizimida 304,1 mlrd so‘mlik 118 mingdan ziyod avtoraqamlar shaffof onlayn-auksionlar orqali sotildi.
Tuzilgan bitta bitimning o‘rtacha qiymati 2,6 mln so‘mni tashkil etgan.
Avtoraqamlar quyidagilar tomonidan xarid qilingan:
Jismoniy shaxslar - 91%,
Yuridik shaxslar - 9%.
O‘tgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 494,9 ming so‘mni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa – 348,0 mln so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5% birinchi toifadagi avtoraqamlar, 8% – ikkinchi, 8% – uchinchi, 11% – to‘rtinchi, 22% – beshinchi va 46% – oltinchi toifa avtoraqamlarga to‘g‘ri kelgan.
Ma’lumot uchun, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablag‘larning 80% - Davlat budjetiga, 20% - Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
Yangiliklar lentasi
0