Chimonda Rossiya fuqarosi qor uyumlari ostida qolib, halok bo‘ldi

© Sputnik / Anatoliy UstinenkoLavina
Lavina - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
FVV dam oluvchilardan taqiqlangan hududlarda chang‘i uchmaslikni va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ramoqda.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Kecha, 4-yanvar kuni Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanining Chimon tog‘liklarida taqiqlangan hududda chang‘i uchgan Rossiya fuqarosi qor uyumlari ostida qolib, halok bo‘ldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Vazirlikka ko‘ra, 4-yanvar kuni soat 13:20 larda Bo‘stonliq tumani Chimon tog‘ yonbag‘irlariga dam olish va chang‘i uchish maqsadida chiqqan 61 yoshli Rossiya fuqarosi qor ko‘chkisi xavfi to‘g‘risidagi ogohlantirishlarga qaramay, taqiqlangan hududda chang‘i uchib, qor ko‘chkisi xavfini yuzaga keltirgan va qor uyumlari ostida qolib halok bo‘lgan.
Zudlik bilan hodisa joyiga Toshkent viloyati FVB Bo‘stonliq tumani ixtisoslashgan ko‘p tarmoqli boshqarmasi Chimon qutqaruv otradi qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan qidiruv ishlari davomida chang‘i uchuvchisining jasadi qor uyumlari ostidan chiqarib olingan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha dam oluvchilardan texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni, taqiqlangan hududlarda chang‘i uchmaslikni va ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘ragan.
Eslatib o‘tamiz, Chimon tog‘liklarida 2-4 yanvar kunlari qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilingandi.
Yangiliklar lentasi
0