O‘zbekistondan kimlar xalqaro musobaqalarda hakamlik qilishi ma’lum bo‘ldi

© O‘zbekiston Futbol AssotsiatsiyasiUzbekskie futbolnie sudi
Uzbekskie futbolnie sudi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
FIFA tomonidan 2023-yil uchun xalqaro maydonlarda ishlaydigan hakamlar ro‘yxati e’lon qilindi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Bu yil O‘zbekistondan umumiy 30 nafar hakam xalqaro musobaqalarda hakamlik qiladi. Bu haqda O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi xabar berdi.
FIFA tomonidan 2023-yil uchun xalqaro maydonlarda ishlaydigan hakamlar, yordamchi hakamlar, VAR hakamlari, futzal va sohil futboli hakamlari ro‘yxati e’lon qilindi. Unga ko‘ra, O‘zbekistondan umumiy 30 nafar hakam ushbu ro‘yxatdan o‘rin olishgan.
FIFA hakamlar qatoridagi yangi nomlar:
Rahimbek Karimov;
Avazbek Abdullayev;
Zufar Eliboyev;
Oybek Kallaxo‘jayev;
Nayim Qosimov.
Bundan tashqari, Rahimbek Karimov va Abdurashid Xudoyberganov VAR hakamlari sifatida ro‘yxatga kiritilgan.
© O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi FIFA hakamlari
FIFA hakamlari - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
FIFA hakamlari
Shu yildan boshlab Roziyabonu Yusupova xalqaro maydonlarda ayollar futboli bosh hakami sifatida ishlashi mumkin bo‘ladi. Shuningdek, Aleksandra Konchikova FIFA ayollar futzal hakami sifatida faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonlik hakamlar "Fors ko‘rfazi kubogi" uchrashuvlarini boshqarib borishi ma’lum qilingandi. Unga ko‘ra, Iroqning Basra shahri 2023-yilning 6-19 yanvar kunlari an’anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayotgan Fors ko‘rfazi kubogiga mezbonlik qiladi.
Musobaqa tashkilotchilari O‘FAga FIFA hakamlari — Ilgiz Tantashev (bosh hakam), Sanjar Shoyusupov (yordamchi hakam) va Alisher Usmonov (yordamchi hakam)ning ishtiroklari bo‘yicha rasmiy taklif yuborgan.
Yangiliklar lentasi
0