Amerikalik zobit Rossiyaning yangi harbiy quroli xususiyatlaridan hayratga tushdi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishMaketi bespilotnogo letatelnogo apparata S-70 "Oxotnik" (na pervom plane) i mnogofunksionalnogo istrebitelya Su-57
Maketi bespilotnogo letatelnogo apparata S-70 Oxotnik (na pervom plane) i mnogofunksionalnogo istrebitelya Su-57 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
AQSh armiyasining iste’fodagi ofitseri Istvud Rossiyaning S-70B “Oxotnik” uchuvchisiz apparatining xususiyatlaridan hayratga keldi.
TOShKENT, 5 yanv – Sputnik Rossiya yangi S-70B (“Oxotnik”) zarba beruvchi uchuvchisiz uchish apparati bilan o‘z armiyasini anchayin kuchaytira oladi, deb yozadi AQSh armiyasining iste’fodagi ofitseri Brent Istvud 19FortyFive nashrida chop etilgan maqolasida.
Maqola muallifining ta’kidlashicha, ushbu turdagi uchuvchisiz uchish apparatining eng hayratlanarli qobiliyati “Yetakchi” rejimida. Rejim Rossiyada ishlab chiqarilgan beshinchi avlod Su-57 qiruvchisi bilan qo‘shma tarkibda foydalanishni nazarda tutadi.
“Ushbu konsepsiyasi “to‘rttagacha “Oxotnik” bilan harakat qilishni nazarda tutadi . Ular qiruvchidan oldin uchib, ogohlantirishi, yo‘l ko‘rsatishi va yer bo‘ylab zarbalar berishida ko‘mak berishi mumkin”, - deyiladi maqolada.
“Orzudagi jamoa”, - deb hayrat bilan yozadi maqola muallifi.
Ekspertning so‘zlariga ko‘ra, S-70 harbiy samolyotni kuchaytiradi va uni yanada “xavfli”ligini oshiradi. Bundan tashqari, uning ta’kidlashicha, “Oxotnik”ning vazifalariga nafaqat yerdagi nishonlarni yo‘q qilish, balki radioelektron kurash, shuningdek, razvedka ma’lumotlarini yig‘ish ham kiradi.
Uchuvchisiz apparatning xususiyatlarini keltirar ekan, Istvud, shuningdek, S-70B AL-41F1 ikki konturli turboreaktiv aviatsiya dvigateli bilan jihozlanishini aytib o‘tgan.
Maqolada yozilishicha, S-70B va Su-57ning qo‘shma harakati 2019-yilda sinovdan o‘tkazilgan.
“Oxotnik” Suxoy tajribaviy-konstruktiv burosida ishlab chiqarilgan. Uzunligi 14 metr, qanot uzunligi – 19 metr, parvoz massasi – 20 tonnadan ortiq. Apparat “uchayotgan qanot” sxemasi bo‘yicha, uning radiolokatsion va issiqlik belgilarini sezdirmaydigan materiallardan ishlab chiqarilgan.
“Rostex” rahbari Sergey Chemezovning so‘zlariga ko‘ra, “Oxotnik” zarba beruvchi og‘ir uchuvchisiz apparatlarning Mudofaa vazirligi uchun seriyali ishlab chiqarilishi 2023-yilda boshlanadi.
Yangiliklar lentasi
0