Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Amerikalik razvedkachi: Putinning birgina qarori G‘arbning rejalarini barbod qildi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi jurnalistov na sammite stran - uchastnis Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) v Bishkeke.
Prezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi jurnalistov na sammite stran - uchastnis Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) v Bishkeke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
Sobiq razvedkachi Rossiya Ukrainada NATOga qarshi tura olganini aytdi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Rossiya Donbassni egallashni rejalashtirgan Kiyevni dog‘da qoldirdi va G‘arbga qarshi turishga jur’at etdi, bu esa unga strategik tashabbusni qo‘lga olish imkonini berdi, dedi iste’fodagi amerikalik razvedkachi Skott Ritter Xitoyning Global Times nashriga bergan intervyusida.
“NATO va AQShni endi hech kim qarshi chiqishga jur’at eta olmaydigan bezorilar deb atashi mumkin emas. Rossiya G‘arbga sabrining chegarasi borligini ko‘rsatishga jur’at etdi. U G‘arb davlatlarining mas’uliyatsiz harakatlariga javoban ko‘p ishga qodirligini ko‘rsatdi”, - deydi u.
Ritterning qayd etishicha, Vladimir Putinning maxsus harbiy operatsiya o‘tkazish haqidagi qarori G‘arb davlatlarini hayratda qoldirgan, chunki ularning hech biri “Rossiyani jiddiy qabul qilmagan”.
“Endi biz bilamizki, na Ukraina, na Germaniya, na Fransiya Minsk kelishuvlarini hech qachon jiddiy qabul qilmagan. Ular protokollardan Donbass muammosini harbiy yo‘l bilan hal qilishga qodir NATO armiyasini yaratish uchun niqob sifatida foydalangan. G‘arb Rossiya harbiy operatsiya o‘tkazishga jur’at qilolmaydi deb o‘ylagandi, biroq Rossiya ularning rejalarini barbod qildi”, - deya ta’kidladi sobiq harbiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vashington boshchiligidagi alyans Moskvaning G‘arbga kollektiv qarshilik ko‘rsata olmasligiga ishongan.
“Biroq rus harbiylari mojaroning dastlabki bosqichida yo‘l qo‘yilgan ayrim xatolarga qaramay, moslashdi va rus xalqi hozirgi vaziyat Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi qarama-qarshilik emas, bu Rossiya va NATO o‘rtasidagi qarama-qarshilik ekanligini tushundi”, - deydi Ritter.
18-19 yanvar kunlari Brusselda Shimoliy Atlantika blokining oliy organi bo‘lmish harbiy qo‘mita yig‘ilishi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Unda, xususan, Ukrainadagi mojaro va NATOning Kiyevga yordamini davom ettirish masalalari muhokama qilinishi kerak.
Rossiya 24-fevraldan beri Ukrainada harbiy maxsus operatsiya o‘tkazmoqda. Qo‘shma Shtatlar boshchiligidagi NATO Kiyev rejimiga o‘n milliard dollarlik qurol-yarog‘larni yetkazishda davom etmoqda. O‘z navbatida, Moskva G‘arb qurollarini yetkazib berish mojaroni uzaytirishini, qurol-yarog‘ tashish esa Rossiya armiyasi uchun qonuniy nishonga aylanishini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0