Afg‘onistondagi 6 balli zilzila kuchi butun O‘zbekistonda sezildi

© Fotolia / Petrovich12Seysmograf
Seysmograf - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.01.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston bo‘ylab 3-4 balli yer silkinishi qayd etildi.
TOShKENT, 5 yanv — Sputnik. Bugun, 5-yanvar kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:25 da (05.01.2023 yil, Grinvich bo‘yicha 14:25 da) Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Zilzila kuchi O‘zbekistonda ham sezildi, deb xabar berdi. FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi.
Zilzila koordinatalari: 36,34 gradus shimoliy kenglik; 70,7 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda M=6. Chuqurlik 235 km. Zilzila episentri Toshkentdan 562 km janubiy-sharqda.
O‘zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Surxondaryo viloyatida 4 ball, 321 km.
Farg‘ona viloyatida 4 ball, 459 km.
Jizzax viloyatida 4 ball, 490 km.
Sirdaryo viloyatida 4 ball, 491 km.
Samarqand viloyatida 4 ball, 493 km.
Andijon viloyatida 3-4 ball, 514 km.
Qashqadaryo viloyatida 3-4 ball, 515 km.
Namangan viloyatida 3-4 ball, 525 km.
Toshkent viloyatida 3-4 ball, 536 km.
Toshkent shahrida 3-4 ball, 562 km.
Navoiy viloyatida 3-4 ball, 626 km.
Buxoro viloyatida 3-4 ball, 668 km.
Xorazm viloyatida 3 ball, 1044 km.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 3 ball, 1169 km.
Yangiliklar lentasi
0