https://oz.sputniknews.uz/20230104/yangi-tashqi-ishlar-vaziri-rossiya-elchisi-bilan-uchrashdi-31246817.html
Yangi tashqi ishlar vaziri Rossiya elchisi bilan uchrashdi
Yangi tashqi ishlar vaziri Rossiya elchisi bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston TIV rahbari Turkiya va Ozarbayjon elchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi. 04.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-04T13:25+0500
2023-01-04T13:25+0500
2023-01-04T13:25+0500
jamiyat
baxtiyor saidov
o‘zbekiston tiv
elchi
oleg malginov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/04/31246249_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_de6313f7240c24683f85c44dc6a55da8.jpg
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Kecha, 3-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Rossiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.Uchrashuvda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.Ikki va ko‘p tomonlama shaklda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi muhokama qilindi.O‘zbekiston va Rossiyaning xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov Turkiya va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchilari Olgan Bekar va Guseyn Guliyev bilan ham uchrashdi.Turkiya elchisi bilan uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlislariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqidi.Elchi Guliyev bilan uchrashuvda esa O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish, avtomobilsozlik, neft-kimyo, energetika va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/04/31246249_97:0:1225:846_1920x0_80_0_0_587906c4764d550a3ef8325a89106a95.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
jamiyat, baxtiyor saidov, o‘zbekiston tiv, elchi, oleg malginov
jamiyat, baxtiyor saidov, o‘zbekiston tiv, elchi, oleg malginov
Yangi tashqi ishlar vaziri Rossiya elchisi bilan uchrashdi
O‘zbekiston TIV rahbari Turkiya va Ozarbayjon elchilari bilan ham uchrashuv o‘tkazdi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Kecha, 3-yanvar kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Baxtiyor Saidov Rossiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Oleg Malginovni qabul qildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati
xabar berdi.
Uchrashuvda siyosiy, diplomatik, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi O‘zbekiston-Rossiya strategik sheriklik munosabatlarining dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Iqtisodiy diplomatiyani jadallashtirish, jumladan, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
Ikki va ko‘p tomonlama shaklda bo‘lib o‘tadigan tadbirlar jadvali va ularning kun tartibi muhokama qilindi.
O‘zbekiston va Rossiyaning xalqaro va mintaqaviy institutlar doirasidagi muloqotni davom ettirishga tayyorligi qayd etildi.
Bundan tashqari, Baxtiyor Saidov Turkiya va Ozarbayjonning O‘zbekistondagi elchilari
Olgan Bekar va
Guseyn Guliyev bilan ham uchrashdi.
Turkiya elchisi bilan uchrashuvda bo‘lajak qo‘shma tadbirlar jadvali va tashkiliy jihatlari, jumladan, tashqi ishlar vazirlari darajasidagi Strategik rejalashtirish guruhi hamda Savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Turkiya hukumatlararo komissiyasining navbatdagi majlislariga tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqidi.
Elchi Guliyev bilan uchrashuvda esa O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasidagi hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya yig‘ilishi hamda ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi davrasiga doir masalalar ko‘rib chiqildi.
Savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha qo‘shma chora-tadbirlarni amalga oshirish, avtomobilsozlik, neft-kimyo, energetika va qishloq xo‘jaligi sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi ta’kidlandi.