https://oz.sputniknews.uz/20230104/varshava-germaniyaning-reparatsiya-talabiga-javobidan-gazablandi-31247180.html
Varshava Germaniyaning reparatsiya talabiga javobidan g‘azablandi
Varshava Germaniyaning reparatsiya talabiga javobidan g‘azablandi
Sputnik O‘zbekiston
Polsha hukumati Germaniyadan tovon puli undirish masalasida “doimiy va jadal” ish olib borish niyatida. 04.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-04T13:54+0500
2023-01-04T13:54+0500
2023-01-04T13:54+0500
dunyoda
polsha
germaniya
ikkinchi jahon urushi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/04/31247028_227:0:3868:2048_1920x0_80_0_0_2fd07a8781aeb1fee00c9084c18991dc.jpg
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Germaniyaning Varshava bilan tovon to‘lash masalasini muhokama qilishdan bosh tortgani Berlinning Polsha va polyaklarga nisbatan hurmatsiz munosabatidan dalolat beradi, dedi PAP agentligi bilan suhbatda mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, tovon to‘lash bo‘yicha hukumat komissari Arkadiush Mulyarchik.Polsha tashqi ishlar vazirligi Germaniya hukumati Varshava bilan Ikkinchi jahon urushi davrida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortishi aytilgan diplomatik nota berganini ma’lum qilgandi. Germaniya TIV Polsha 3-oktabrda yuborgan notaga, dekabr oxirida javob berdi. Javob uchinchi yanvarda Varshavaga yetib bordi.Mulyarchik Germaniyaning qarorini tanqid qilib, Berlinning Polsha notasiga javobida “hech qanday qonuniy dalil yo‘qligini” aytdi.Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Berlinning bu mavzuni muhokama qilishdan bosh tortgani uni ajablantirmagan.Shu bilan birga, u Germaniyadan tovon puli undirish masalasida “doimiy va jadal” ish olib borishga va’da berdi va Berlin ertami-kechmi o‘z nuqtayi nazarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi, degan fikrni bildirdi.Polsha hukumati Germaniyadan Ikkinchi jahon urushidan yetkazilgan zarar uchun tovon puli sifatida 6,2 trillion zlotiy (taxminan 1,3 trillion dollar) talab qilmoqda. Oktabr oyi boshida Berlinga Tashqi ishlar vazirligi orqali tegishli nota yuborilgan edi. Germaniya hukumati ular allaqachon juda katta tovon to‘lab bo‘lganini va hozir hech nima to‘lamoqchi emasligini bir necha bor ta’kidlagan. Qo‘shimcha qilinishicha, Polsha 1953-yilda tovondan bosh tortganini shubha ostiga olish uchun hech qanday sabab yo‘q.Bir kun oldin Varshava BMTni Germaniyadan urush uchun tovon undirish masalasiga hissa qo‘shishga chaqirgani ma’lum bo‘ldi. Xuddi shunday iltimos bilan Polsha YuNESKO va Yevropa Kengashiga ham murojaat qilgan.
polsha
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/04/31247028_682:0:3413:2048_1920x0_80_0_0_40dcdc71ae1c580b57ac51753117315a.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, polsha, germaniya, ikkinchi jahon urushi
dunyoda, polsha, germaniya, ikkinchi jahon urushi
Varshava Germaniyaning reparatsiya talabiga javobidan g‘azablandi
Polsha hukumati Germaniyadan tovon puli undirish masalasida “doimiy va jadal” ish olib borish niyatida.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Germaniyaning Varshava bilan tovon to‘lash masalasini muhokama qilishdan bosh tortgani Berlinning Polsha va polyaklarga nisbatan hurmatsiz munosabatidan dalolat beradi, dedi PAP agentligi bilan
suhbatda mamlakat tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari, tovon to‘lash bo‘yicha hukumat komissari Arkadiush Mulyarchik.
Polsha tashqi ishlar vazirligi Germaniya hukumati Varshava bilan Ikkinchi jahon urushi davrida yetkazilgan zararni qoplash bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortishi aytilgan diplomatik nota berganini ma’lum qilgandi. Germaniya TIV Polsha 3-oktabrda yuborgan notaga, dekabr oxirida javob berdi. Javob uchinchi yanvarda Varshavaga yetib bordi.
Mulyarchik Germaniyaning qarorini tanqid qilib, Berlinning Polsha notasiga javobida “hech qanday qonuniy dalil yo‘qligini” aytdi.
“Bir jumla bilan tuzilgan bu javob Polsha va polyaklarga nisbatan mutlaqo hurmatsiz munosabatni namoyish qiladi”, - deydi u.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, Berlinning bu mavzuni muhokama qilishdan bosh tortgani uni ajablantirmagan.
“Germaniya Polshaga nisbatan do‘stona siyosat yuritmayapti, ular bu yerda o‘z ta’sir doirasini o‘rnatmoqchi va Polshaga vassalidek munosabatda bo‘lmoqchi”, - deydi Mulyarchik.
Shu bilan birga, u Germaniyadan tovon puli undirish masalasida “doimiy va jadal” ish olib borishga va’da berdi va Berlin ertami-kechmi o‘z nuqtayi nazarini o‘zgartirishga majbur bo‘ladi, degan fikrni bildirdi.
Polsha hukumati Germaniyadan Ikkinchi jahon urushidan yetkazilgan zarar uchun tovon puli sifatida 6,2 trillion zlotiy (taxminan 1,3 trillion dollar) talab qilmoqda. Oktabr oyi boshida Berlinga Tashqi ishlar vazirligi orqali tegishli nota yuborilgan edi. Germaniya hukumati ular allaqachon juda katta tovon to‘lab bo‘lganini va hozir hech nima to‘lamoqchi emasligini bir necha bor ta’kidlagan. Qo‘shimcha qilinishicha, Polsha 1953-yilda tovondan bosh tortganini shubha ostiga olish uchun hech qanday sabab yo‘q.
Bir kun oldin Varshava BMTni Germaniyadan urush uchun tovon undirish masalasiga hissa qo‘shishga chaqirgani ma’lum bo‘ldi. Xuddi shunday iltimos bilan Polsha YuNESKO va Yevropa Kengashiga ham murojaat qilgan.