O‘zgidromet shoshilinch ogohlantirish bilan chiqdi

© KamchatkaPosledstviya sxoda lavini
Posledstviya sxoda lavini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Obuna bo‘lish
Respublikaning olti viloyatida qor ko‘chkisi xavfi yuzaga keldi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. 2023 yil 5-10 yanvar kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik hamda havo haroratidagi o‘zgarishlar sababli respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi ogohlantirish bilan chiqdi.
Jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq tumanlarida va Chotqol tizmasining “Chimon” tog‘larida;
Namangan viloyati: Pop tumanida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi mavjud.
Avvalroq "Qamchiq" dovoni kuchli qor yog‘ishi sabab avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopilgandi. Qor yog‘ishi tinib, yo‘llar tozalangach, dovon transport vositalari harakati uchun qayta ochildi.
Yangiliklar lentasi
0