Kiyev rejimi G‘arb bergan kreditlarni qanday qaytaradi? Zaxarova javobi
18:26 04.01.2023 (yangilandi: 18:42 05.04.2023)
© Sputnik / Press-slujba MID RF / Mediabankka o‘tishOfitsialniy predstavitel Ministerstva inostrannix del RF Mariya Zaxarova
© Sputnik / Press-slujba MID RF
/ Obuna bo‘lish
RF TIV vakili Ukrainaga milliardlab yordam nimaning evaziga ajratilayotganini aytdi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. G‘arb Ukrainaga hozir berayotgan kreditlar unga yuklangan rol – Rossiyaga qarshi gibrid urush niqobi va vositachi roli to‘lovdir. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sputnik radiosi dasturida aytib o‘tdi.
“Kiyev rejimi qanday qaytaradi? Hamma tushunyaptiki, hozir sodir bo‘layotganlar Kiyev rejimi o‘ynayotgan jirkanch va jinoiy rol uchun xizmat haqidir. Ushbu transhlarni ajratish, yordam so‘rash, siyosiy qo‘llab-quvvatlash. Faqat Kiyev rejimi o‘ziga yuklangan rolni o‘ynashda davom etishi uchun hamma narsa kerak”, - deydi Zaxarova.
Diplomat (Kiyev rejimining) asosiy roli Ukraina ichidagi tashqaridan oziqlantirib, qo‘llab-quvvatlanadiganlarga ishonib topshirilganini aytdi.
“Joylarda minimal tashabbuskorlik huquqi berilgan, global rol ancha oldin belgilangan. U 2022-yilda yoki sakkiz yil oldin yozilmagan. Bu Ukraina mustaqillikka erishganida unga yuklangan yuklangan rol. G‘arb Ukraina mustaqillikka, suverenitetiga erishganda undan to‘liq yuz o‘girdi. Na to‘liq rivojlanish, na samarali iqtisodiyot, na milliy manfaatlar G‘arbning Ukraina borasidagi rejalariga kiritilmadi. Faqatgina NATO g‘oyalariga bo‘ysunish – postsovet hududida va Rossiya Federatsiyasi perimetri bo‘ylab beqarorlik o‘choqlarini yaratish (kiritildi – tahr.)”, - deydi Zaxarova.
Uning fikricha, hozirgi paytda Ukrainaga kredit berish, zamonaviy, to‘g‘ri va samarali davlat qurish haqidagi gap-so‘zlar safsata xolos.