Bugun ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik bo‘ladi

© Sputnik / Aleksandr KrajevOsen, arxivnoe foto
Osen, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Obuna bo‘lish
Respublikaning tog‘li hududlarida havo harorati 0 darajadan pastga tushadi.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda havo o‘zgarib turadi, Toshkent viloyatida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida ertalab ba’zi joylarda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi. Bu haqda Gidrometeorologiya xizmati markazi xabar berdi.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi. Harorat +5...+10 daraja bo‘ladi.
Toshkentda havo o‘zgarib turadi, ertalab biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin, kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat +8...+10 daraja bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, ayrim joylarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Shamol g‘arbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 0...-5 daraja bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0