Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Bayramdan keyin ishga qanday moslashish kerak – psixolog maslahati

© Sputnik / Aleksey Filippov / Mediabankka o‘tishPrognoz inflyatsii, arxivnoe foto
Prognoz inflyatsii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Obuna bo‘lish
Ish jarayoniga tez moslashish insonning o‘ziga bog‘liq, deb hisoblaydi psixolog.
TOShKENT, 4 yanv — Sputnik. Yangi yil bayrami dam olish va odatiy vazifalardan uzoqlashish uchun ajoyib imkoniyatdir. Biroq, dam olishlar tugagandan so‘ng, ishga qaytish inson uchun stress bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha bayramdan keyingi birinchi ish kunida odamlar parishonlik, befarqlik va diqqatni jamlay olmaslikdan shikoyat qiladi.
Shuning uchun, o‘zingizni ish uchun psixologik jihatdan tayyorlash muhim ahamiyatga ega. Bu haqda RIA Novosti agentligiga bergan intervyusida psixolog Anetta Orlova aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bayram oxiriga yetayotganda ish joyini tayyorlay boshlashi mumkin.
“Birinchi kuni siz ishga kelib, biror narsani tozalashni, bo‘sh joy ochishni boshlashingiz mumkin. Qandaydir ishchanlik sharoitini yaratish mumkin. Joyni, narsalarni tartibga solishni boshlashingiz bilan, darhol tashvishlanadigan hech narsa yo‘q, bu umuman qiyin emas degan tuyg‘uni uyg‘otadi”, deydi Orlova.
Shuningdek, u ish yoki sharoitni yaratish uchun zarur bo‘lgan ba’zi yangi narsalar bilan o‘zingizni xursand qilishingiz mumkinligini ta’kidladi, masalan, kundalik, kompyuter uchun naushnik yoki boshqa kera bo‘ladigan buyumlarni sotib olish foyda beradi.
Yangiliklar lentasi
0