Ahmat Qodirovning O‘zbekiston haqidagi xotiralari abadiylashtirildi

Muzey Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom.
Muzey Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Obuna bo‘lish
Ahmat Qodirov nomidagi Checheniston shon-shuhrat yodgorlik majmuasidagi ko‘rgazmalaridan biri O‘zbekiston eksponatlari bilan to‘ldirilganini ko‘pchilik bilmasa kerak. Bu haqida batafsil - materialimizda.
TOShKENT, 4 yanv – Sputnik Chechenistonning yirik shahri Grozniy 2022-yili eng mashhur turistik yo‘nalishga aylandi: bunda Shimoliy Kavkazning betakror muhiti, tog‘li va o‘rmonli ajoyib tabiat, va shubhasiz, Ramzan Qodirovning shaxsiy brendi katta ahamiyat kasb etgan bo‘lsa ajab emas. Checheniston rahbari o‘z Telegram kanalida chechen turizmi haqida video joylagan edi. Bir haftada uni qariyb million kishi tomosha qilgan.
Hozircha Chechenistonga qo‘shni mamlakatlar sayyohlari tashrif buyurishmoqda. Turistlarda Grozniy shahriga qiziqishi katta – shaharning asosiy diqqatga sazovor joylari atrofida har doim bir nechta sayyohlar avtobuslarini ko‘rish mumkin. Shunday obyektlardan biri - Rossiya tarkibidagi Checheniston Respublikasining birinchi prezidenti Ahmat Qodirov nomidagi shon-shuhrat yodgorlik majmuasi (Ramzan Qodirov Ahmat Qodirovning o‘g‘li - Sputnik).
Monumental va chindanda mahobatli kompleks Grozniy markazida besh gektarni egallagan va unda atirgul bog‘i, Ikkinchi Jahon urushida halok bo‘lganlar xotirasiga Mangu olov va Ahmat Qodirov xotirasiga bag‘ishlangan ikki darajali muzey joylashgan. Uning doimiy ko‘rgazmasi O‘zbekistondan keltirilgan eksponatlar bilan to‘la.
Bular haqida batafsil quyida

O‘zbekistonni faqat iliq so‘zlar bilan yod olgan

Shon-shuhrat muzeyiga kirish bilanoq qo‘rish mumkin bo‘lgan panorama – yorqin tovlanuvchi marmardan ishlangan sharqona hashamatli zinalar va tilladan tovlanuvchi hashamatli qandil. Muzeyni bezatish uchun sharqona uslub bejizga tanlanmagan: Ahmad Qodirov nafaqat siyosat, balki din arbobi bo‘lganini hamma ham bilmaydi. Sharq esa Qodirovning shaxs sifatida rivojlanishida katta ahamiyat kasb etgan. U Kozog‘iston SSRda tavallud topgan. Hozirgi O‘zbekiston hududida tahsil olgan.
© Sputnik/Danara KurmanovaMuzey Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom.
Muzey Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Muzey Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom.
Shu sababli billur qandil Erondan keltirilgan, ustunlar va muzey gumbazi sharq o‘ymakorlik san’ati bilan bezatilgan. Devorlarda – tillarang romlarda Ahmat Qodirovning bolalik va yoshlik davrlaridagi oq-qora suratlari ilingan.
Suratlarda Buxoro ko‘chalari, ko‘p daraxtlar soyasida do‘ppi kiygan keksalar choy ichayotgani kabi tasvirlarni ko‘rish mumkin.
© Sputnik/Danara KurmanovaEksponat muzeya Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom.
Eksponat muzeya Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Eksponat muzeya Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom.
Bularning barchasi Gudermes masjidi yo‘llanmasi bilan Buxorodagi Mir Arab madrasisida ta’lim olishga kelgan 29 yoshli Ahmat Qodirovning O‘zbekistonda ilk ko‘rganlari edi.
© Sputnik/Danara KurmanovaEksponat muzeya Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom.
Eksponat muzeya Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Eksponat muzeya Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom.
Ahmad Qodirov hayotining bu davri haqida Ramzan Qodirov bir necha bor iliq fikrlar bilan so‘zlab bergan:

“Chechenlar O‘zbekistonga iliq munosabatda bo‘ladilar. Shunday ajoyib mamlakat bilan bizni doim juda yaxshi o‘zaro hamkorlik bog‘lab kelgan, - deb yozadi u o‘z ijtimomiy tarmoq sahifalarida. - O‘zbekiston haqida gap ketsa, men doim qadrli otamni eslayman. Otam Buxoroda o‘qigan davrlari haqida tez-tez gapirib berardilar, chiroyli o‘zbekcha an’analarni alohida eslab o‘tar va aholisi haqida juda iliq va yaxshi fikrlar bildirar edilar”.

Shuning uchun bo‘lsa kerak, o‘tgan yilning aprel oyida Ramzan Qodirov O‘zbekiston delegatsiyasi olib kelgan sovg‘a – “Poi Kalon” me’moriy ansambli tasvirlangan kartinadan, ayniqsa, quvongan edi, chunki Miri Arab madrasasi uning bir qismi hisoblanadi.

Hayot ensiklopediyasi

Arxiv suratlar qarshisida – Ahmat Qodirovning shaxsiy buyumlari ham bor. Ular orasida oq naqshli klassik o‘zbek do‘ppisi, shuningdek, Qodirovga O‘zbekistondan esdalik sifatida sovg‘a qilingan to‘n ham bor. Madrasani tamomlab, Ahmad Qodirov Gudermesga tezda qaytmadi – 1982 -1986 yillar Toshket islom institutida tahsilni davom ettirdi.
Ahmat Qodirov O‘zbekiston SSRda olti yil bo‘lgan va avvalroq Checheniston hukumati Qodirovning Buxoro va Toshkentda ta’lim olgan davri haqida hujjatli film suratga olinishini ham ma’lum qilgan edi. Filmda Ahmat Qodirov muzeyidagi eksponatlardan ham foydalanilgan bo‘lishi mumkin.
Biroq Qodirov o‘zbek madaniyatiga hurmat va muhabbat bilan munosabatda bo‘lgan yagona sovet arbobi emas. U Chechenistonda madaniy loyihalar rivojiga katta e’tibor qaratgan, shu sababli muzeyning markaziy ekspozitsiyasi yirik chechen san’atkorlariga bag‘ishlangan. Ekspozitsiya SSSR xalq artisti, raqqos va baletmeyster Mahmud Esambayevning yorqin mozaik portreti bilan boshlangan.
© Sputnik/Danara KurmanovaEksponat muzeya Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom.
Eksponat muzeya Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Eksponat muzeya Memorialnogo kompleksa Slavi imeni Axmata Kadirova v Groznom.
Yuksak raqqoslik mahorati sabab Esambayev xoreografiya olamida tirikligidayoq afsonaga aylangan – u ijro eta olmaydigan milliy raqslar bo‘lmagan. Qolaversa, u raqslarni xuddi xalq an’analarini butun umr his qilgandek ijro etgan.
Milliy raqslarga muhabbat tufayli Mahmud Esambayev “Dunyo xalqlari raqslari” nomli noyob dastur yaratgan. Uning repertuarida o‘zbek raqslari ham joy olgan. “Men uchun xalqni anglash uning badiiy adabiyotdan, zukkoligidan, xayolotdan, xalq ongidan tug‘ilgan raqsni bilishni anglatadi”, - degan edi u.
Esambayev xalq og‘zaki ijodini haqiqiy hayot ensiklopediyasi deb bilgan, undan butun bir elatning milliy xarakteri, turmush tarzi, kichik quvonchlari, orzularini his qilish mumkin. Raqs orqali turli xalqlarning ma’naviy yaqinligini his qilish mumkin, deb hisoblagan sahnada hech qanday qiyinchiliklarsiz o‘zbek yigitiga aylana olgan chechen san’atkori.
Checheniston muzeyi O‘zbekistonga aloqador mana shunday qiziq tarixlarni so‘zlab berishi mumkin va bu yana bor shuni tasdiqlaydiki, madaniy aloqalar – xalqlar orasida muloqot o‘rnatishda eng mustahkam rishtadir.
Yangiliklar lentasi
0