Afg‘onistonning Dushanbedagi elchisi Tolibon* hukumatini tan olmasligini aytdi

© Sputnik / Amir IsayevPolnomochniy posol Islamskoy Respubliki Afganistan Muxammad Zaxir Agbar
Polnomochniy posol Islamskoy Respubliki Afganistan Muxammad Zaxir Agbar - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.01.2023
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonning Dushanbedagi elchixonasi Tolibon* hukumatidan hech qanday ko‘rsatma olmagan va olgan taqdirda ham unga e’tibor bermagan bo‘lardi - elchi.
TOShKENT, 4 yanv – Sputnik, Lidiya Isamova. Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi Muhammad Zohir Agbar jurnalistlarga bergan intervyusida o‘zining ishdan bo‘shatilishi va yangi elchi tayinlanishi haqidagi xabarlarni rad etdi, shuningdek, elchixona Tolibon hukumatidan hech qanday ko‘rsatma olmaganini aytdi.
Avvalroq G‘arb OAVlari Zohir Agbar tashqi ishlar vaziri Amirxon Muttaki buyrug‘i bilan Afg‘onistonning Tojikistondagi elchisi lavozimidan ozod etilgani haqida xabar bergan edi.
"Elchixona Tolibon hukumatini tan olmaydi, bu mamlakatda hokimiyatni qo‘lga kiritgan terrorchi tashkilot. Dunyoning barcha davlatlari kabi Tojikiston ham bu guruhni tan olmadi. Elchixona odatdagidek ish olib bormoqda. Tojikistonning amaldagi qonunchiligi asosida”, - dedi Agbar.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u Tolibondan ko‘rsatma olgan taqdirda ham, unga shunchaki e’tibor bermasdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning avgust oyi boshida Tolibon* Afg‘oniston hukumat kuchlariga qarshi hujumlarini kuchaytirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib keldi va ertasi kuni urush tugaganini e’lon qildi. Avgust oyining so‘nggi ikki haftasida AQSh harbiylari himoyasida bo‘lgan Kobul aeroportidan G‘arb davlatlari fuqarolari va ular bilan hamkorlik qilgan afg‘onlar ommaviy evakuatsiya qilingan edi. 31-avgustga o‘tar kechasi amerikalik harbiylar Kobul aeroportini tark etib, AQShning Afg‘onistondagi qariyb 20-yillik harbiy ishtirokiga yakun yasadi. Sentabr oyi boshida Afg‘oniston muvaqqat hukumati tarkibi e’lon qilindi, unga birinchi Tolibon hukmronligi davrida tashqi ishlar vaziri bo‘lib ishlagan va 2001-yildan beri BMT sanksiyalari ostida bo‘lgan Muhammad Hasan Oxund boshchilik qildi.
* Terrorchilik faoliyati uchun BMTning sanksiyalari ostida
Yangiliklar lentasi
0