Turkiyada qalin tuman tufayli 10 ta avtomobil to‘qnashib ketdi

Obuna bo‘lish
Baxtsiz hodisa oqibatida7 kishi tan jarohati oldi, deyiladi politsiya xabarida.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Turkiyaning Bursa-Karajabey yo‘lida kuchli tuman tufayfli 10 ta avtomobil bir-biri bilan to‘qnashib ketdi. Ular orasida yuk avtomobillari ham bor.
Sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida 7 kishi tan jarohati oldi, deyiladi politsiya xabarida.
Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2 yuk mashinasi, furgon va 6 yengil avtomobil ishtirokida sodir bo‘lgan baxtsiz hodisa Izmir-Istanbul trassasining Bursa g‘arbidagi pullik punktlari yaqinida sodir bo‘lgan, zich tuman tufayli ko‘rish imkoniyati yomonlashgan.
Hodisa oqibatida yetti nafar yo‘lovchi tan jarohati olgan. Yaradorlar tez yordam bilan Bursa shahar kasalxonasiga olib ketildi. Ma’lum bo‘lishicha, jarohatlar hayot uchun xavfli emas.
Brigadalar tomonidan ko‘rilgan chora-tadbirlar bilan avtohalokat munosabati bilan avtomobil yo‘li bo‘ylab harakatlanishning buzilishi nazorat ostida ta’minlandi.
Yangiliklar lentasi
0