Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 2-yanvarning asosiy xabarlari

© Sputnik / Valeriy Melnikov / Mediabankka o‘tishRaboti po remontu krish v Mariupole
Raboti po remontu krish v Mariupole - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2023
Obuna bo‘lish
Kiyev rejimi DXRning Makeyevka aholi punkti hududida Rossiya qurolli kuchlari bo‘linmalaridan birining vaqtincha joylashtirish punktiga berilgan zarba oqibatida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi Ukraina hududida maxsus harbiy operatsiyani davom ettirmoqda. So‘nggi kun sodir bo‘lgan muhim hodisalar haqida.
Rossiya Mudofaa vazirligi bayonoti:
Rossiya Aerokosmik kuchlarining Markovo, Kramatorsk, Donetsk Xalq Respublikasi va Xarkov viloyatining Novoosinovo aholi punktlari hududlarida "xorijiy legion" bo‘linmalarini vaqtincha joylashtirish nuqtalariga yuqori aniqlikdagi qurollari bilan zarbalar berish natijasida , 70 dan ortiq xorijlik yollanma askar yo‘q qilindi, 100 dan ortiq kishi yaralandi.
Kupansk yo‘nalishida rus qo‘shinlari Xarkov viloyatining Berestovoe, Kislovka va Sinkovka aholi punktlari hududlarida 103 va 105-hududiy mudofaa brigadalarining ishchi kuchi to‘plangan joylariga artilleriya zarbalarini berishdi. 30 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina va uchta mashina yo‘q qilindi.
Krasno-Limanskiy yo‘nalishida DXRning Yampolovka, LXRning Chervonaya Dibrova va Doneskning Serebranka aholi punktlari hududlarida 13 va 95-havo hujumi brigadalari bo‘linmalariga artilleriya o‘qlari zarba berdi. Zarba natijasida 40 dan ortiq ukrainalik harbiylar, uchta bronetransportor va ikkita pikap yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida Ukraina Qurolli Kuchlarining 60-moto-piyoda va 79-havo hujum brigadalari bo‘linmalarini mag‘lub etish va hujum operatsiyalari natijasida Rossiya qo‘shinlari yangi muhim poziysiyalarni egallab olishdi. Dushmanning yo‘qotishlari 70 nafar ukrainalik harbiy xizmatchi, to‘rtta BMP va beshta boshqa texnikani tashkil etdi.
Janubiy Donesk yo‘nalishida dushman bo‘linmalari DXRning Zolotaya Niva va Prechistovka aholi punktlari hududlarida kompleks o‘t ochishi natijasida 40 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilari, uchta zirhli jangovar mashina va ikkita pikap yo‘q qilindi
Raketa qo‘shinlari va artilleriyasi dushmanning 92 ta hududda joylashgan 67 ta artilleriya bo‘linmalari, o‘q otish pozitsiyalari va harbiy texnikadaga zarba berdi.
Zaporoje viloyatining Orexov, Malinovka va Zaliznichnoe aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlarining ikkita raketa va artilleriya qurollari ombori hamda 102-hududiy mudofaa brigadasining yoqilg‘i ombori yo‘q qilindi. Dnepropetrovsk shahri hududida Ukraina Qurolli Kuchlari qo‘shinlari guruhining "Xortitsa" yoqilg‘i ombori yo‘q qilindi.
DXRning Chasov Yar va Minkovka aholi punktlari hududlarida bo‘lib o‘tgan batareyaga qarshi jang davomida AQShda ishlab chiqarilgan ikkita M-777 artilleriya tizimi o‘q otish joylarida yo‘q qilindi.
Xerson viloyatining Antonovka aholi punkti hududida Polshada ishlab chiqarilgan "Krab" o‘ziyurar artilleriya qurilmasi yo‘q qilindi. DXRning Serebranka yaqinidagi otishma pozitsiyalarida to‘rtta Ukraina D-30 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Kun davomida LXRning Shipilovka, Liman, Kremennaya, Ploshchanka, Chervonaya Dibrova, DXRning Petrovskoe, Novognatovka, Nikolayevka aholi punktlari hududlarida Ukrainaning 15 ta uchuvchisiz uchish apparati havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan urib tushirildi.
Bundan tashqari, DXRNing Krasnaya Gora, Podgornoe va Xerson viloyatining Radensk aholi punktlari hududlarida "Olxa" va "Uragan" ko‘p uchiruvchi raketa tizimlarining uchta raketasi tutib olindi.
Hammasi bo‘lib, Ukraina maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan beri 355 samolyot, 199 vertolot, 2794 uchuvchisiz uchish apparati, 399 zenit-raketa tizimi, 7366 tank va boshqa zirhli jangovar mashinalar, 957 ko‘p martalik jangovar transport vositalari. raketa tizimlari, 3763 dala artilleriya va minomotlari, shuningdek, 7876 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, yangi yil oqshomida Kiyev rejimi DXRning Makeyevka aholi punkti hududidagi Rossiya qurolli kuchlari bo‘linmalaridan birining vaqtincha joylashtirish punktiga AQShda ishlab chiqarilgan HIMARS ko‘p uchli raketa tizimining oltita raketasi bilan zarba berdi. Havo mudofaa tizimlari raketalardan 2tasini urib tushirdi. Lekin rossiyalik askarlarning vaqtinchalik joylashtirish punktiga kelib tushgan 4ta raketa oqibatida 63 nafar rossiyalik harbiy halok bo‘ldi. Halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari va yaqinlariga barcha zarur yordam va ko‘mak ko‘rsatiladi.
Yangiliklar lentasi
0