Bugungi ob-havo ma’lumoti

Obuna bo‘lish
Ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Bugun O‘zbekiston bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Ayrim hududlarda yomg‘ir qorga aylanishi mumkin, faqat Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.
Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarga 17-22 m/s gacha kuchayishi, Navoiy, Jizzax viloyatlarida ayrim joylarga 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
Toshkentda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, qorga aylanishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-17 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat 4-6° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), ba’zi joylarda kuchli bo‘ladib yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak yuzaga keladi. Ba’zi hududlarda tuman tushishi mumkin. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0