Avtoservis xizmatiga eng yuqori talab qaysi hududda?

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevSotrudnik servisnogo sentra osmatrivayet avtomobil.
Sotrudnik servisnogo sentra osmatrivayet avtomobil. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.01.2023
Obuna bo‘lish
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra eng ko‘p xizmat Toshkent shahrida, eng kam - Sirdaryoda ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Davlat Statistika qo‘mitasi avtotransport ta’mirlash xizmatiga talab eng yuqori bo‘lgan hududlarni e’lon qildi.
Ma’lumotlariga ko‘ra, 2022-yilning 1-dekabr holatiga avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi 3,6 trln. so‘mni tashkil etdi.
Hududlar bo‘yicha avtotransport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish, ta’mirlash va mototsikllarni ta’mirlash bo‘yicha xizmatlar hajmi, mlrd. so‘m:
Toshkent shahri – 602,9
Toshkent viloyati – 536,1
Farg‘ona viloyati – 429,9
Samarqand viloyati – 359,1
Andijon viloyati – 341,9
Buxoro viloyati – 202,7
Qashqadaryo viloyati – 194,8
Navoiy viloyati — 162,3
Xorazm viloyati – 160,6
Namangan viloyati – 159,6
Surxondaryo viloyati – 151,8
Qoraqalpog‘iston R. – 130,7
Jizzax viloyati – 113,4
— Sirdaryo viloyati – 60
Yangiliklar lentasi
0