Uchinchi yanvar kuni O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik kutilmoqda

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovOsen v Tashkente.
Osen v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2023
Obuna bo‘lish
3 yanvar kuni Kavkaz hududlaridan kirib kelgan antisiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Bugun, 2-yanvar kuni, respublikaning shimoliy hududlariga Kavkaz hududlaridan antisiklon kirib kelishi kutilmoqda, deb xabar qilmoqda O‘zgidromet.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi yog‘ingarchilik bo‘ladi. Shuningdek, ayrim tog‘li hududlarda biroz yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Front o‘tishida respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. O‘zbekistonning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi, kunduzi havo harorati +2...+7 daraja bo‘ladi.
3 yanvar kuni antisiklon respublikaning barcha hududlarini qamrab oladi. O‘zbekiston bo‘ylab yog‘ingarchilik bo‘ladi, tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zan kuchli bo‘ladi. Surxondaryo viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. 17-22 m/s gacha kuchaygan shamol ba’zi joylarda hali ham esadi, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida esa 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati kechasi -2...+3, kunduzi 0...+5 daraja bo‘ladi.
4 yanvarda antisiklon chekina boshlaydi. Respublika hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat kechasi va ertalab O‘zbekistonning markaziy va sharqiy hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi saqlanib turadi. Havo harorati kechasi -2...+3, kunduzi +3...+8 daraja bo‘ladi.
5 yanvarda respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzi havo harorati +7...+12, mamlakatning janubida +15 darajagacha ko‘tariladi, kechalari -3...+2 daraja bo‘ladi.
Haftaning oxiriga kelib mamlakatga Turkmaniston hududlaridan nam va nisbatan iliq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 6-yanvarda respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Havo harorati kechalari +4...+7 darajagacha ko‘tariladi, kunduz kunlari +5...+10 daraja atrofida bo‘ladi.
Shu kunlart kechasi va ertalab respublika bo‘yicha ba’zi joylarga tuman tushadi.
2-4 yanvarda respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.
Yangiliklar lentasi
0