https://oz.sputniknews.uz/20230102/rossiyaga-qarshi-turishga-qaror-qilgan-sunak-dahshatli-haqiqatga-duch-keldi-31219116.html
Rossiyaga qarshi turishga qaror qilgan Sunak dahshatli haqiqatga duch keldi
Rossiyaga qarshi turishga qaror qilgan Sunak dahshatli haqiqatga duch keldi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, inflyatsiyaning keskin o‘sishi va hayot narxi inqirozi kabi muammolar saqlanib qolmoqda. 02.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-02T14:12+0500
2023-01-02T14:12+0500
2023-04-05T18:42+0500
dunyoda
buyuk britaniya
rishi sunak
ukraina
rossiya
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/02/31219745_0:0:3073:1728_1920x0_80_0_0_cf51e237f92d928fc5fd1e456c9afabc.jpg
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak kelgusi yil uchun bir qator jiddiy muammolarga duch keldi, deb yozmoqda “The Daily Mail” tabloidi.Avvalroq Sunak o‘zining Yangi yil nutqida London “ukrainalik do‘stlar”ni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytgandi. Shu bilan birga, Sunak rasmiylar britaniyaliklarning ustuvorliklarini birinchi o‘ringa qo‘yishini ta’kidladi.Nashrning yozishicha, Sunak partiyadoshlariga “kurash endi boshlanmoqda” deya murojaat qilib, avlodlar faxrlanadigan mamlakat qurishga va’da bergan. Biroq, Sunak “dahshatli haqiqatga duch keldi”, deb yozadi nashr.Qayd etilishicha, Britaniya rahbari uchun birinchi qiyinchilik mahalliy tez yordam bosh shifokorining bo‘limlardagi nosozliklar tufayli har hafta 500 ga yaqin bemor vafot etishini ochiqlagani bo‘ldi.Ta’kidlanishicha, bundan tashqari, inflyatsiyaning keskin o‘sishi va hayot narxi inqirozi kabi muammolar saqlanib qolmoqda.G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Yetkazib berish zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Buyuk Britaniyada yashash narxining oshishi millionlab uy xo‘jaliklariga ta’sir qildi. Avvalroq Buyuk Britaniyaning 32 millionga yaqin aholisi yuqori inflyatsiya va yashash narxining rekord darajada oshishi sharoitida to‘lovlarni to‘lashga qiynalayotgani haqida xabar berilgan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/01/02/31219745_148:0:2879:2048_1920x0_80_0_0_6694bc142ca344fdf0bac532d6f07d98.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, buyuk britaniya, rishi sunak, ukraina, rossiya
dunyoda, buyuk britaniya, rishi sunak, ukraina, rossiya
Rossiyaga qarshi turishga qaror qilgan Sunak dahshatli haqiqatga duch keldi
14:12 02.01.2023 (yangilandi: 18:42 05.04.2023) Ta’kidlanishicha, inflyatsiyaning keskin o‘sishi va hayot narxi inqirozi kabi muammolar saqlanib qolmoqda.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunak kelgusi yil uchun bir qator jiddiy muammolarga duch keldi, deb
yozmoqda “The Daily Mail” tabloidi.
Avvalroq Sunak o‘zining Yangi yil nutqida London “ukrainalik do‘stlar”ni qo‘llab-quvvatlashda davom etishini aytgandi. Shu bilan birga, Sunak rasmiylar britaniyaliklarning ustuvorliklarini birinchi o‘ringa qo‘yishini ta’kidladi.
Nashrning yozishicha, Sunak partiyadoshlariga “kurash endi boshlanmoqda” deya murojaat qilib, avlodlar faxrlanadigan mamlakat qurishga va’da bergan. Biroq, Sunak “dahshatli haqiqatga duch keldi”, deb yozadi nashr.
Qayd etilishicha, Britaniya rahbari uchun birinchi qiyinchilik mahalliy tez yordam bosh shifokorining bo‘limlardagi nosozliklar tufayli har hafta 500 ga yaqin bemor vafot etishini ochiqlagani bo‘ldi.
“Ikkinchi zarba, rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, o‘tgan yili vazirlarning odamlarning kontrabandasini to‘xtatishga qaratilgan katta sa’y-harakatlariga qaramay, La-Mansh bo‘ylab rekord darajadagi 45 756 muhojir kesib o‘tgani bo‘ldi”, deb ta’kidlanadi xabarda.
Ta’kidlanishicha, bundan tashqari, inflyatsiyaning keskin o‘sishi va hayot narxi inqirozi kabi muammolar saqlanib qolmoqda.
G‘arb Ukraina tufayli Rossiyaga nisbatan sanksiyalar bosimini kuchaytirdi. Yetkazib berish zanjirlarining uzilishi Yevropa va AQShda yoqilg‘i va oziq-ovqat narxlarining oshishiga olib keldi. Buyuk Britaniyada yashash narxining oshishi millionlab uy xo‘jaliklariga ta’sir qildi. Avvalroq Buyuk Britaniyaning 32 millionga yaqin aholisi yuqori inflyatsiya va yashash narxining rekord darajada oshishi sharoitida to‘lovlarni to‘lashga qiynalayotgani haqida xabar berilgan.