Rossiya artilleriyasi UQK texnikasi to‘dasini yakson qildi – video

Obuna bo‘lish
Zaporojye yo‘nalishida Ukrainaning zirhli texnikasi to‘dasi yakson qilindi.
Rossiya Janubiy harbiy okrugining 2A36 “Giatsint-B” 152-millimetrli to‘plari Zaporojye yo‘nalishida Ukrainaning zirhli texnikasi to‘dasini yo‘q qildi, deb xabar bermoqda RIA Novosti muxbiri.
“Hozir dushmanning to‘plangan texnikasini yo‘q qilish bo‘yicha vazifa kelib tushdi. Bizga nishon mo‘ljallarini berishdi. Nishon yakson qilindi”, - dedi zarba bergan jangchilardan biri.
Nishon uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida aniqlangan va uning mo‘ljali jangchilari zudlik bilan berilgan.
Rossiya 24-fevraldan buyon Ukrainada maxsus harbiy operatsiya olib bormoqda. Rossiya prezidenti Vladimir Putin uning asosiy vazifasini “Kiyev rejimi tomonidan sakkiz yil davomida tahqirlash, genotsidga uchragan odamlarni himoya qilish” deb atagan. Mamlakat Qurolli kuchlari oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.
Yangiliklar lentasi
0