https://oz.sputniknews.uz/20230102/garb-ukraina-31226998.html
G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni qachon to‘xtatishi mumkin
G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni qachon to‘xtatishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qayd etilishicha, Zelenskiy jang maydonida olg‘a intilishni to‘xtatsa, G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni to‘xtatishi mumkin. 02.01.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-01-02T19:21+0500
2023-01-02T19:21+0500
2023-01-02T19:21+0500
dunyoda
vladimir zelenskiy
jo bayden
aqsh
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1d/28643897_0:133:3171:1916_1920x0_80_0_0_d6d9a419eec8c9d96abeb9d510ef5eec.jpg
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Agar Vladimir Zelenskiy jang maydonida olg‘a intilishni to‘xtatsa, G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda AQSh sobiq prezidenti Jorj Bushning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maxsus maslahatchisi Maykl Allen “Fox News” telekanaliga ma’lum qildi.Allenning ta’kidlashicha, hozircha hech kim murosaga kelishni istamaydi.Zelenskiy o‘tgan yilning dekabr oyida Vashingtonga tashrif buyurgan hamda u yerda Oq uy rahbari Jo Bayden va Kongress rahbariyati bilan uchrashgan edi. Uning tashrifi arafasida Kiyevga 1,85 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi e’lon qilindi, unga boshqa narsalar qatori Patriot zenit-raketa tizimlari batareyasi ham kiradi.Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri AQSh va uning ittifoqchilari Ukraina Qurolli kuchlariga milliardlab dollarlik harbiy texnika yetkazib berdi. Moskva G‘arb mojaroni uzaytirishga intilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi xorijiy o‘q-dorilar saqlanadigan omborlar qonuniy nishonga aylanishini ma’lum qilgan.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/09/1d/28643897_219:0:2950:2048_1920x0_80_0_0_19b317d268cb550d032e514c2589885e.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dunyoda, vladimir zelenskiy, jo bayden, aqsh, ukraina
dunyoda, vladimir zelenskiy, jo bayden, aqsh, ukraina
G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni qachon to‘xtatishi mumkin
Qayd etilishicha, Zelenskiy jang maydonida olg‘a intilishni to‘xtatsa, G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni to‘xtatishi mumkin.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Agar Vladimir Zelenskiy jang maydonida olg‘a intilishni to‘xtatsa, G‘arb Ukrainaga homiylik qilishni to‘xtatishi mumkin. Bu haqda AQSh sobiq prezidenti Jorj Bushning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maxsus maslahatchisi Maykl Allen “Fox News” telekanaliga ma’lum
qildi.
“Zelenskiy gaz pedalini bosishda davom etish kerakligini tushunadi - aks holda G‘arb charchab, Ukrainani moliyalashtirishni to‘xtatishi mumkin”, - dedi ekspert.
Allenning ta’kidlashicha, hozircha hech kim murosaga kelishni istamaydi.
Zelenskiy o‘tgan yilning dekabr oyida Vashingtonga tashrif buyurgan hamda u yerda Oq uy rahbari Jo Bayden va Kongress rahbariyati bilan uchrashgan edi. Uning tashrifi arafasida Kiyevga 1,85 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi e’lon qilindi, unga boshqa narsalar qatori Patriot zenit-raketa tizimlari batareyasi ham kiradi.
Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi boshlanganidan beri AQSh va uning ittifoqchilari Ukraina Qurolli kuchlariga milliardlab dollarlik harbiy texnika yetkazib berdi. Moskva G‘arb mojaroni uzaytirishga intilayotganini bir necha bor ta’kidlagan. Rossiya Mudofaa vazirligi xorijiy o‘q-dorilar saqlanadigan omborlar qonuniy nishonga aylanishini ma’lum qilgan.