Birinchi yanvardan ayrim davlat bog‘chalarida to‘lovlar miqdori kamaytiriladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaDetskiy sadik v Priaralye
Detskiy sadik v Priaralye  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2023
Obuna bo‘lish
2023 yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat bog‘chalarida bola ta’minoti uchun to‘lovlar tumanlarning toifasidan kelib kamaytiriladi.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. 1-yanvardan ayrim davlat bog‘chalarida to‘lovlar miqdori kamaytiriladi. Bu prezidentning 2022-yil 30-dekabrdagi qarorida ko‘zda tutilgan.
Ta’kidlanishicha, 2023-yil 1-yanvaridan boshlab O‘zbekistondagi 208 ta tuman va shahar iqtisodiy ahvolidan kelib chiqib, 5 ta toifaga ajratildi. Toifaga qarab bu tumanlarga soliq imtiyozlari, subsidiya ajratish tartibi va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash choralari belgilanadi.
Xususan, prezident qaroriga ko‘ra, 2023-yil 1-yanvardan 2026-yil 1-yanvarga qadar davlat bog‘chalarida bola ta’minoti uchun to‘lovlar tumanlarning toifasidan kelib chiqib, quyidagicha kamaytiriladi:
• 5-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
• 4-toifadagi tumanlarda — 50 foiz;
• 3-toifadagi tumanlarda — 30 foiz.
Qaysi tuman nechanchi toifaga kiritilgani bilan quyida tanishish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0