Bugun havo iliq bo‘ladi – O‘zgidromet

© Sputnik/Elina BeknazarovaGosudarstvenniy bank v Tashkente.
Gosudarstvenniy bank v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.01.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.
TOShKENT, 2 yanv — Sputnik. Bugun O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida ba’zi joylarda yog‘ingarchilik kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayadi, Navoiy viloyatining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 5-7° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yog‘ingarchilik bo‘ladi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 3° sovuq-2° iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0