O‘tgan yilda O‘zbekistonga qancha investitsiya kiritildi

© Sputnik / Nina ZotinaDenejnie kupuri: yevro i SShA.
Denejnie kupuri: yevro i SShA. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2023
Obuna bo‘lish
Xorijiy investitsiyalarning kirib kelishi mamlakat iqtisodiyotining o‘sishi uchun ijobiy samara beradi.
TOShKENT, 1 yanv — Sputnik. O‘tgan bir yil davomida O‘zbekistonga jami 240 trln so‘m investitsiyalar jalb qilingan, shulardan 8 mlrd dollari to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirib kelgan. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi mutaxassisi Shohrasul Shoha’zimiy ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Investitsiya kiritilgan davlatlar Rossiya, Xitoy, MDH mamlakatlari, Yaponiya, Janubiy Koreya va boshqalar.
“Investitsiya – iqtisodiyot drayveri sanaladi. Mamlakat siyosatining ajralmas qismi bugungi kunda investitsiyalarga bog‘liq bo‘lib qoldi. So‘nggi 6 oyda investitsiya hajmini YaIMning 30 foizidan oshirishga erishildi”, - dedi Shoha’zimiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan 2022-yilda “Yangi O‘zbekiston raqobatbardosh mahsulotlar yurti” dasturi doirasida 2000 ga yaqin tadbirkorlar ilk bor tashqi bozorlarga chiqdi. Bunda to‘qimachilik, qishloq xo‘jaligi, ishlab chiqarish, oziq ovqat va boshqa tarmoqlarda faol ishbilarmonlarning mahsulotlari jahon bozorlarini egalladi.
Davlat investitsiya dasturi doirasida 3,7 mlrd dollarlik 158 ta yirik loyihalar ishga tushdi va mamlakatda 25 000 ga yaqin yangi ish o‘rinlari yaratildi.
Mazkur loyihalarning ko‘pchiligi energetika va tog‘-kon metallurgiya sanoati, qishloq xo‘jaligi, yengil sanoat va qurilish materiallarini ishlab chiqarish sohalariga to‘g‘ri keladi.
Endi 2023-yilda 30 milliard dollarlik investitsiyalar jalb qilinishi rejalashtirilgan, uning 25 milliard dollari xususiy investitsiyalar bo‘ladi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi tashabbusi bilan 3000 dan ortiq loyihalar ishga tushirilishi maqsad qilingan. Yangi loyihalarga investitsiya kiritilib, ishga tushishi bilan yangi ish o‘rinlari yaratiladi hamda tarmoqlar rivojlantiriladi.
Yangiliklar lentasi
0